Richard Branson: Biznes borasida 10 maslahat

Richard Bransonning 10 muvaffaqqiyat siri

Hozirda 400 dan ortiq kompaniyaning sohibi, 4,9 millard egalik qiluvchi mashhur biznesmen, sarmoyador Richard Bransondan biznes qilish muvaffaqqiyatining 10 sirlarini o’rganamiz.

  1. Barcha narsani soddalashtiring.

Richard Branson yoshligidan beri disleksiya ya’ni yozuv va harflarni tushunishda qiynalish kabi dardga chalinganligidanmi barcha narsani iloji boricha soddalashtirish kerak deb hisoblaydi. U har bir qilgan biznesi davomida barcha narsalarni, qonun-qoidalarni, jarayonlarni, boshlashni, rejalashtirishni, marketingni, xodimlar bilan ishlashni barcha-barcha narsalarni soddalashtirish kerak deb hisoblaydi. U: “Men disleksiyaga chalinganim uchun barcha narsani soddalashtirishda juda usta bo’lib ketganman. Masalan Virgin moliyaviy xizmatlari kompaniyasiga asos solganimizda, biz hech qanday jargonlardan foydalanmaganmiz. Hammasi juda sodda atamalar edi. Odamlarga ham bu usul yoqib tushadi. Chunki sodda tilda gapirilganda biz ular tushunadigan tilda gapiramiz.”

  1. Shunchaki harakat qilib ko’ring.

O’ylashimcha ko’pchilik insonlarda biznes boshlashga jur’atlari yetishmaydi. Men har doim aytib kelgan mashhur iboram “Barchasiga qo’l silta, shunchaki bajar” kitob bo’lib ham bosilib chiqqan. Bu bilan men odamlarga shunchaki harakat qilib ko’rish kerak. Ko’p insonlar biznes boshlashni pulga bog’lashadi. Pul yo’q bo’lsa qanday biznes boshlash mumkin deb o’ylashadi. Aslida ko’p hollarda biznes boshlash uchun judayam oz miqdorda pul kerak bo’ladi. Bir paytlar oyim ko’chada braslet topib olgandi. Shunda u brasletni politsiyaga olib borib berdi. Bir necha oydan so’ng egasi topilmagach uni onamga qaytarib berishdi. Shunda oyim brasletni bir necha yuz dollarga sotdi. Bu esa biznesimni boshlashga yetarli bo’ldi. Gapni qisqasi, shunchaki harakat qilib ko’rish kerak.

  1. Lider bo’ling

Kompaniyani yurgizishdagi eng muhim omil bu inson omili. Chunki kompaniya nima? Kompaniya shunchaki odamlar majmuasi. Odamlarning lideri sifatida siz ularni sidqidildan eshita olishingiz, ularni ruhlantira olishingiz va ularni qilgan ishlarini o’rnida va chiroyli tarzda maqtay olishingiz kerak bo’ladi. Insonlarni eng yaxshi xislatlarini ko’ra bilishingiz kerak. Insonlar xuddi gullarga o’xshaydi. Gullarni sug’orsangiz, ular yashnaydi. Insonlarni ham qilgan ishlaridan minnatdor bo’lib, ularni maqtasangiz ular ham yashnaydilar. Bu liderlikning eng muhim omili.

  1. Hech qachon taslim bo’lmang.

Biznesni noldan boshlayotganingizda muvaffaqqiyat va muvaffaqqiyatsizlikni orasida aniq bir chegara mavjud bo’ladi. Agar chiqimlarni qoplashga yetarli pul bo’lmasa siz chegaraning noto’g’ri tarafida, chiqimlarni qoplashga yetarli pul bo’lsa to’g’ri tarafida bo’lasiz. Men biznes yurgizishda doim keragidan ortiq tez bo’lganman. Chunki men hech qanday takliflarga yo’q deya olmaganman va doim yangi narsalarni bajarishni boshlab yuborganman. Lekin biznesni yangi boshlayotganlarga maslahatim, shuni unutmang sizda ba’zan chiqimlarni qoplashga yetarli pul bo’lmasligi mumkin, balki kompaniyani yurgizishdan hech qanday ma’ni yo’qdek ham tuyuladi, lekin siz shunchaki taslim bo’lmang. Agar yerga yiqilsangiz, shunchaki o’rningizda turing va yo’lingizda davom eting. Agar o’xshamasa, muvaffaqqiyatga erishguningizcha urinib ko’rishda davom eting.

  1. Ishlarni topshiring

Keyingi bosqich esa ishlarni topshirishda faol bo’ling. Hech qachon barcha narsani o’zingiz qilishga urinmang. Doim ishlarni o’zingizdan yaxshiroq  bajara oladigan odamlarni izlab toping. Biznesni qurgandan so’ng uni o’zingizdan yaxshiroq qila oladigan vakilni topish asosiy ish hisoblanadi. Siz bu ishlarni egalariga topshirgandan keyin keyingina kattaroq ishlarni boshlash haqida o’ylashingiz mumkin bo’ladi. Tadbirkorlar unchalik yaxshi menejerlar bo’lisha olishmaydi. Ular yangi g’oyalarni o’ylab topish, ularni boshlash va amalga oshirishda yaxshi bo’lishadi. Shuning uchun ular biznesni qurgandan keyin yaxshi menejer topib unga ishni topshirish kerak. Bir biznesga ega bo’lganingizdan keyin siz hamma narsani bajara olmaysiz axir!

  1. Insonlar bilan yaxshi muomalada bo’ling.

Men biznesmen faqat yuqoriga ko’tarilish uchun insonlarga yaxshi muomalada bo’ladi degan gaplarga ishonmayman. Biznesdagi yetakchilik qilishning eng yaxshi yo’li insonlar bilan haqiqatda yaxshi munosabatda bo’lish. Biz Virginni xuddi shunday yuritamiz.

  1. Yanada yaxshiroq qila olaman deb ishoning.

Men o’rganishni yaxshi ko’raman. Men hech qachon biznes qilaman deb o’ylamaganman. Men shunchaki hayotda sayohat qilar ekanman, insonlar tomonidan bajarilayotgan ishlar yanada yaxshiroq bajarila oladi deb ishonganman. Biz avval qilinib kelingan standartlarni chetlab o’tib bundan ham yaxshiroq biz bajaramiz deb ishonamiz. Biz o’z prinsipimiz “Barchasiga qo’l silta, shunchaki bajar” ga asoslanib, shunchaki harakat qilib ko’rishni yaxshi ko’ramiz.

  1. Ko’pchilik muvaffaqqiyatingizga ishonishmaydi.

Virgin Atlantik aviakompaniyasini 30 yil oldin yurgizishni boshlaganimizda, Nyu-York Times gazetasida chop etilgan bozorni o’rganish tadqiqoti yodimda. Avvalo kompaniya ismini be’maniligi aytilgan. Keyin ular bozor tadqiqotini bajarganliklari va faqatgina 7 foiz odam Virgin Altantic aviakompaniyasidan foydalanishini aytgandi. Biz shunda 7 foiz odam biz uchun yetarli deb aytgan edik. Juda ko’pchilik odamlar bizga ishonishmadi. Qandaydir yangilik kiritayotganingizda albatta, ko’pchilik odamlar bunga ishonishmaydi. Va sizga nima uchun g’oyangiz puchligi, nimaga siz buni boshlashingiz kerak emasligi, nima uchun siz bor-budingizdan ayrilishingizni tushuntirib berishadi. Sizning vazifangiz esa shunchaki ularga aytayotgan gaplari noto’g’ri ekanligini istoblab berish bo’ladi.

  1. To’g’ri rasmni chizing.

Biznes tasavvurdagi tasvirni ro’yobga chiqarish. Siz o’z ishingiz bilan insonlarga qandaydir yordam beradigan narsa ustida ishlayotgan ekansiz, siz biznesdasiz. Va qilayotgan ishingizda, ya’ni chizayotgan kartinangizda barcha detallarigacha go’zal bo’lishini xohlaysiz. Rasmning go’zal bo’lishi degani insonlar ya’ni xaridorlar sizning qilayotgan ishingizda mamnun. Agar siz chizayotgan rasm haqiqatda chiroyli chiqayotgan bo’lsa, biznes muvaffaqqiyatli tugaydi. Agar uning aksi bo’lsa, biznes muvaffaqqiyatli chiqmasligi mumkin. Shuning uchun biznes boshlayotganda chizayotgan rasmni aniq tasavvur qilishingiz kerak. Shuningdek siz bilan birga ishlayotgan insonlarni ham qilayotgan ishingizga to’liq ishonishlarini ta’minlashingiz kerak bo’ladi. Ya’ni qilayotgan ishingiz vaqt sarflashga arziydigan bo’lsin.

  1. Narsalarni boshqacharoq qiling.

Richard Branson biznes qilishda shunchaki biznesni boshlamaydi. U biznesni butun boshli sanoatni o’zgartirib yuborish uchun biznesni boshlaydi. Yani qilinayotgan ishlarni bundanda yaxshiroq, zo’rroq yo’li borligiga qattiq ishonadi va bu yo’lni axtarib topadi. Qisqa qilib aytganda Richard Bransonning bizneslari boshqa barcha bizneslardan alohida ajralib turadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *