1.Ko’p o’ylab o’tirmang. 

«Agar bir narsani bajarish haqida ko’p o’ylasangiz, uni hech qachon bajara olmaysiz.»

Tadbirkorlarning ko’pchiligi o’ylash dardiga mubtalo bo’lgan. Ular «o’xshamay qolish» dan shunchalik qo’rqadilarki, hatto harakat qilishga ham o’ylanib o’tirishadi. Bryus Li doim qilmoqchi bo’lgan ishini shunchaki bajarishni boshlab yuborar edi. Bu albatta, bemulohaza ahmoq bo’ling degani emas, balki siz qulaylik maydonidan chiqib, ahvolni yaxshilashga harakat qilish demakdir.

2.Mo’jizaviy tezlikni orzu qilmang. 

«Tezkor achchiqlanish sizni tez orada ahmoq bo’lishingizga kifoya qiladi.»

Tadbirkorlar o’zlari qilayotgan ishlaridan zavq oladilar. Lekin bu zavqlari ba’zan ularda boshqacha ko’rinishda namoyon bo’ladi. Vaqti-vaqti bilan muvaffaqqiyatsizlikka uchrab turish bu tabiiy hol, lekin bunga achchiq-tirsiq qilib vaqtingiz va quvvatingizni boy berishingiz aqldan emas.

Barcha holatlarda ham birday aqlni ishga solib harakat qiling.

3.Ham qattiq, ham moslashuvchan bo’ling. 

«Eng qattiq yog’och oson sinadi, lekin bambuk yoki majnuntol eng qattiq shamolda ham egilib turaveradi.»

Bryus Li qo’yilgan maqsad yo’lida qattiq turishga ishongan, lekin ortiqcha qattiq turib olish bilan o’zingizga zarar qilasiz. Shuning uchun moslashuvchan bo’ling. Aqlli tadbirkor vaziyat o’zgarishi bilan uning o’zi ham o’zgarishi kerakligini biladi. Qaysarlik qilib eski maqsadni o’zgartirmasa, faqat o’ziga zarar qiladi holos.

Maqsadingiz yo’lidan chekinmang, lekin vaziyat taqozosi bilan ba’zi o’zgarishlarni ham qabul qila biling.

4.Qolganlardan ajralib turing va o’z hurmatingizga ega bo’ling.

«Bilim sizga kuch bersa, axloq sizga hurmat beradi»

Balki siz dunyodagi eng aqlli insondirsiz, lekin siz shu bilimni xarakterga aylantirish qobiliyatiga ega bo’lishingiz ham kerak. Siz balki turli xildagi mashaqqat, qiyinchiliklarga to’qnash kelayotgandirsiz, ana shunday vaqtlarda siz mas’uliyatni o’z bo’yningizga oling va hurmat qozoning.

Tadbirkorlar qolgan insonlarga borini berishga tayyor bo’lgan, qolganlarni hayratda qoldiradigan insonlar bo’lishi kerak. Hurmat qozonish uchun maqtov bilan birga, tanqidni ham qabul qila olish kerak. Halol, to’g’riso’z va gapini ustidan chiqadigan inson bo’lish hammaga ham hurmat olib keladi.

5.Bir narsani bajarguncha sabr qiling. 

«Men 10,000 ta tepish uslublarini biravakayiga mashq qilgan odamdan emas, balki bir tepish uslubini 10,000 marta mashq qilgan odamdan qo’rqaman»

O’xshaydigan narsani topish uchun ko’p turli xil narsalarga urinib ko’rish oson. Ba’zi tadbirkorlar to’xtamasdan biznes boshlashadi va barchasida muvaffaqqiyatsizlikka uchrashadi. Ular hech qachon bir sanoatda ishlashmaydi. Ular ko’ngillari tusagan boshqa g’oya ortidan barcha narsani tashlab ketib qolaverishadi. Lekin bu noto’g’ri yo’l. Siz o’zingizga yoqqan bir narsani tanlashingiz va bu sohada muvaffaqqiyat qozonguningizcha urinishda davom etaverishingiz kerak. U shoxdan bu shoxga sakrab hech qachon millioner bo’la olmaysiz. Sabr qilishni o’rganing va mashq qilishda davom eting.