Mahsuldorlikning 3 oltin qoidasi

Quyidagi qonuniyatlardan barcha sohalarda ishlarni samarali olib borish uchun foydalansa bo’ladi. Bu qonuniyatlarni o’rganib siz oz vaqt ichida ko’proq ishlarga ulgurishingiz mumkin.

1. Pareto prinsipi

Bu qonun ko’pincha 80/20 qoidasi deb ham ataladi:

“Ishning 80% natijasiga unga sarflangan 20% mehnat bilan erishsa bo’ladi”

Bu qoidani italiyadaning 19 asrdagi mashhur iqtisodchisi Vilfredo Pareto sharafiga berilgan. Pareto mamlakatdagi 80% boylik, 20% aholi tarafidan o’zlashtirilganini aniqlagan.

Ajablanarlisi shuki, bunday ko’rsatkichlarga faqat iqtisodiyotda emas, biz har qayerda duch kelishimiz mumkin: 80% xatolar 20% sabablardan kelib chiqadi, 80% foyda 20% mahsulotlardan yoki xaridorlardan keladi va hokazo. 80/20 bu shunchaki taxminiy olingan hisob bo’lib, ba’zi manbalarda bu hisob 95/5, 90/10 yoki 99/1 ko’rinishida bo’ladi.

Agar sizning 80% natijalaringiz 20% siz sarflagan vaqt, mehnat bilan kelib chiqsa, ma’lum bir 20% ishlar uchun sarflaydigan mashaqqatlaringiz sizni 80% natijalarga olib boradi.

Bu prinsipdan unumli foydalaning. Kundalik vazifalaringizni qaysilari sizni maqsadlaringiz sari olib boradi va qaysilari sizni shunchaki band qilishini aniqlab oling. Eng muhim vazifalarni ajratib oling va qolganlariga e’tiboringizni qaratmang. Bunday qilish bilan siz ko’proq natijaga erishibgina qolmay, kuniga bir necha soatlab vaqtingizni tejaysiz.

2. Parkinson qoidasi

Britaniyalik tarixchi Northcote Parkinson tarafidan kashf etilgan qonunga bunday ta’rif beramiz:

“Ishning hajmi uni tugatish uchun berilgan vaqtni to’ldiradi.”

Parkinson Britaniya Kolonna Ofisida qog’oz ishlari ozayib borishiga qaramay, yillik ishchilar soni 5% ga oshayotganini payqab qoldi. Bu tadqiqotni keyinchalik 1957-yilda Parkinson Qoidasi deb nomlangan kitobida nashr ettirib ommaga taqdim qildi.

Bu qoida biror ishni kimgadir topshirganingizda doim bir xil ishlaydi. Agar ikki haftada tugatsa bo’ladigan loyihani siz 1 oyda bajarish uchun bersangiz, loyiha 1 oyda tugatiladi.

Bu kundalik bajaradigan vazifalaringiz borasida ham ro’y beradi — siz o’zingiz o’rnatgan tugatish vaqtiga mutanosib harakat qilasiz. Bu muammoni qanday yechish mumkin? Ishni rejalashtirayotganda tugatish vaqtini tig’izroq belgilang. Vaqtning tig’izlashishi ishning asosiy taraflariga e’tibor qaratishingizni ta’minlab, tezroq tugatilishini ta’minlaydi.

3. Nyutonning birinchi qonuni:

Inertlik qonuni deb ham ataladigan Nyutonning birinchi qonuni jismlarning harakatlari haqida quyidagicha ta’riflanadi:

“Har qanday jism, boshqa jismlar unga ta’sir qilmaguncha o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli harakatini saqlab qoladi. ”

Boshqacharoq aytganda: Tinch turgan jism tinch holatini saqlab qoladi, Harakatdagi jism harakatini saqlab qoladi.

Fizikani mahsuldorlikka nima aloqasi bor deb o’ylarsiz? Aslida juda katta aloqasi bor. Ishni orqaga surib, tinchgina rohatlanib o’tirgan vaqtingiz, birdaniga harakatga tushib ketishingiz qiyin bo’ladi. Buni aksi o’laroq, harakatlanib turgan paytingizda ham tinch holatga o’tishingiz ancha qiyin bo’ladi.

Buni yodda tutgan holda ish-harakatni ertaroq boshlang. Qanday ish bo’lmasin, birinchi qadamni tashlang. Harakatdagi holatga o’tganingizda ishlarni to’xtatish qiyin bo’ladi. Qarabsizki siz ko’proq ish qila boshlaysiz.

Fransizco Saez blogidan olindi: https://facilethings.com/blog/en/laws

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *