Seth Godindan 3 ta marketing maslahati

Qanday qilib o’ta muvaffaqqiyatli biznesni qurish mumkin?

E’tiborni tortadigan mahsulot yarating

Biznes qurishda qaysi biri muhim, qurilgan biznesingiz haqida baralla gap tarqatishingizmi yoki baralla gap tarqatishga loyiq bo’lgan mahsulot yoki xizmat yaratishingizmi?

Seth Godin bunday javob beradi: «Deyarli barcha kitoblarim yaxshiroq mahsulot yaratish haqida. Shunday narsa bo’lsinki, insonlar uni sotib olishga arziydi deb hisoblasin. Bu sizga emas, xaridorlarga bog’liq bo’lgan narsa. O’zingizga «Qanday qilib san’at darajasidagi mahsulotni ishlab chiqarishimiz mumkin va bozordagi boshqa hamma mahsulot sifatlridan o’zib ketishimiz mumkin», — deb savol bering».

Agar biz yomon sifatli mahsulot yaratib, dunyodagi eng ilg’or marketing bizni asrab qoladi deb kutsak, yaxshisi uyga borib televizor ko’rganimiz ma’qul, ya’ni bu shunchaki bo’lmaydigan ish.

Strategiyamizning markazida yaxshiroq mahsulot o’ylab topish bo’lishi kerak. Innovatsiya — bizga kerak bo’lgan narsa. Tadbirkorlar sifatida biz ko’proq innovatsiyaga e’tibor qaratishimiz kerak. Aks holda reklama qilishga arzimas mahsulot bilan muvaffaqqiyatsizlikka uchrashimiz mumkin.

Avval o’nta, keyin yigirmata.

Siz Mark Zuckerbergni facebookni yaratayotib bir milliard foydalanuvchiga erishishni ko’zlagan deb o’ylaysizmi? Yo’q. U xuddi Godin aytganidek qilgan. Zuckerberg Garvardagi facebookni yaxshi ko’ruvchi 10 ta odamni topgan. Keyin ular yana 10 ta do’stlariga aytishgan, ular ham o’z navbatida 10 ta tanishiga facebook haqida gapirgan vahokazo. Mana qanday qilib bir milliardga yetdi.

Godin bu haqida shunday deydi: «Agar 10 kishini topib ularni muammosini yurakdan hal qilsangiz, ular boshqalarga siz haqingizda aytib berishadi, keyin sizning 20 ta xaridoringiz bo’ladi. General Motors kabi katta kompaniyalar iloji boricha ko’proq insonlarni nishonga olishadi. Lekin yangi asr tadbirkori uchun «Agar mening mahsulotim muvaffaqqiyatli bo’lsa, birinchi 10 ta xaridorim men ularni majbur qilmagan holda o’zi bilan 10 ta yangi xaridor yetaklab keladi» degan g’oya bilan ishlash zamonga mosroq.

Tadbirkor sifatida siz katta bozorni qamrab olaman demang, avval 10 ta xaridor sizning nishoningiz bo’lsin.

Muvaffaqqiyatga erishmaguningizcha kurashavering

Muvaffaqqiyatsizlikni hech kim yoqtirmaydi. Oilalarimiz, qo’shnilarimiz, tadbirkorlar, sportchilar, hamkorlarimiz, hech kim yoqtirmaydi.

Lekin bu ahmoqona qarash. O’zingiz o’ylab ko’ring, qanday qilib siz xaridorlaringiz muammolarini yangi narsalarga urinib ko’rmasdan hal qila olasiz? Yangi narsalarga urinish, sinab ko’rish yoki bir so’z bilan aytganda muvaffaqqiyatsizlik — yiqilish.

«Siz bozor bilan yuzma-yuz aloqada bo’ling va  nohaq ekanligingizni o’rganing. Tadbirkorlikning asosiy qismi ham aslida shu — bir narsaga harakat qilasiz, o’xshamaydi, xatolaringizdan o’rganasiz. Buning uchun siz muammoga shunday yo’l bilan yondashib yechimini topingki, insonlar bunday qilganingizdan sizdan minnatdor bo’lsin», — deb maslahat beradi Godin.

U davom etib: «Marketing bu san’at, ilmiy narsa emas. U ko’chada odamlardan so’rab, ularning ko’zlariga qarab «Keling bu mahsulotni sinab ko’ring va o’z fikringizni ayting» deya olish. Va bu yo’lda muvaffaqqiyatsizlikdan muvaffaqqiyatsizlikka kerakli ma’lumotlarni o’rganib, muvaffaqqiyatga erishgungacha davom eta bilishdir».- deya aytadi.

Davomi bor…

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *