Chet tilini o’rganish uchun qancha so’zni bilish kerak?

Steve Kaufman – dunyodagi eng mashhur tilshunoslardan biri. U hozirda 17 ta tilda bemalol gaplasha oladi. Chet tillarini o’rganish bilan 50 yildan beri shug’ullanib keladi. U til o’rganishning deyarli barcha usullarini qo’llab ko’rgan. Shuning uchun til o’rganish bo’yicha eng yaxshi ilmiy maslahatlarni bera oladi.

Chet tilini o’rganish uchun qancha so’zni bilish kerak?

Biz chet tilini o’rganish uchun oz miqdordagi kerakli so’zlarni bilish kifoya qiladi deb fikrlashga o’rganib qolganmiz. Lekin tajribam davomida buni noto’gri ekanligini ko’rdim

Albatta biz “men”, “sen” yoki “qayerda”, “qachon” kabi ko’p foydalaniladigan so’zlarni bilishimiz kerak. Lekin bilish bilan “bilaman deb o’ylash” orasida farq bor. Tajribamdan bir so’zdan qiyinchiliksiz mukammal foydalana olish darajasida bilish uchun ko’proq vaqt talab qiladi.

Bundan tashqari bunday so’zlar o’sha tilning matnning asosiy ma’nosi bo’lishi mumkin. Bunday kalit so’zlarni bilmasak nima haqida gap ketayotganini bilmaymiz. Bir so’zdan yaxshi foydalanish uchun uni bir necha xil matnlardagi turli holatlarda o’rganishimiz kerak bo’ladi.

Bir tildagi eng ko’p foydalaniladigan so’zlarni topish mushkul ish emas. Uni har qanday lug’atdan yoki Google Tarjimondan qidirib topishingiz mumkin. Balki siz uni daftaringizga yozib chiqqan so’zlar ro’yhatini takrorlash orqali yodlayman deb o’ylarsiz. Lekin so’zlardan bemalol foydalana olish uchun ularga turli holatlarda duchor bo’lishingiz talab etiladi. Bunday ko’p qo’llaniladigan so’zlar ko’p takrorlanar ekan bunday so’zlarga siz har qanday matnda yoki eshitish davomida duch kelishingiz mumkin.

Shaxsan men chet tilida yaxshi gapira olish uchun ma’lum bir miqdordagi mo’jizaviy so’zlar chegarasi borligiga ishonmayman. Biz tildan mukammal foydalana olishimiz uchun ko’p qo’llaniladigan so’zlarni ham, ba’zi kam qo’llaniladigan so’zlarni ham va boshqa ko’p so’zlarni bilishimiz kerak.

Ona tilida inson ko’p so’z biladi va aniqki suhbat jarayonida u ba’zilaridan ko’proq foydalanadi. Ancha oldin men chet tilida gapirishni mashq qilish maqsadida yozilgan Skype orqali o’rganish dasturini 10,000 ta so’zdan yaxshi foydalana olmagunimcha ortga surgandim. To’g’risi bir tilni mukammal o’zlashtirish uchun 25,000 yoki 30,000 ta so’zni yaxshilab o’rganib chiqaman.

Chet tilini o’zingizga qiziqarli ma’noga ega manbadan o’rganing

Men ko’p qo’llaniladigan so’zlarni o’rganish uchun ko’p urinmayman. Ular o’z-o’zidan miyamga quyilib qolishadi. Shunchaki qiziqarli matnga e’tibor berib, avvaliga juda sodda matnlarni ko’p o’qib, eshitaman. Keyin menga yanada qiziqarli, yanada jozibali bo’lgan manbalar qidirib topaman. Vaqti kelib yetarli so’zlarni o’rgangandan so’ng bu tilda gapiruvchi mahalliy odamlar bilan suhbat qura olish darajasiga chiqaman.

Kam qo’llaniladigan so’zlarni yodlash uchun alohida harakat lozim emas. Ular vaqti kelib boshqa matnlarda yana paydo bo’lishadi va shunday qilib doimiy xotiraga o’tishadi.

Yangi yodlangan so’zlar yoki iboralarni biror bir joyga saqlab qo’yib, vaqti-vaqti bilan ularni takrorlab turish kerak.

Qiziqarli kontentlardan o’rganilgan yangi so’zlarni suhbat orqali faollashtirish

Til o’rganishda qisqa yo’l bo’lmaydi. Shunchaki siz uchun qiziqarli bo’lgan narsalarga yangi til orqali sho’ng’ishda davom eting. Vaqti kelib bu tilda suhbat qilish imkoni tug’ilishi bilan passiv so’z boyligim faollashadi. Shunday qilib so’zlar tabiiy ravishda xotiramda saqlanib qolinadi.

Yangi tilda maroqli suhbat qurish uchun bir necha yuzlab emas balki juda ko’p so’zlarni tushunish kerak. Agar menda yetarli darajada so’z boyligi bo’lmasa suhbat davomida tushunmay yo’lni yo’qotib qo’yaman. Lekin agar mening passiv so’z boyligim katta bo’lsa, miya avtomatik tarzda passiv so’z boyligidan hecham ishlatilmagan so’zlarni chiqarib beradi.

Lekin afsuski, passiv so’z boyligimdagi so’zlar avtomatik tarzda paydo bo’lishi biroz mehnat talab qiladi. Passiv so’z boyligiga ega bo’lish suhbatni anglash va javob qaytara olish imkonini beradi.

Yunonchani o’rganayotib shunday qildim. Bir necha oylab input mashqlarini (input mashqlari – o’rganayotgan tilda tushunarli va qiziqarli matnni o’qish, audio eshitish yoki video ko’rish) bajarganimdan so’ng yunonlar bilan gaplasha boshladim. O’shanda yunonchada o’z fikrimni ifoda etganimda o’zim ham yunonlar ham hayratda qolishgan edi. Men hech qanaqangi yunon tilida ko’p qo’llaniladigan mahsus so’zlarni yodlaganim yo’q.

To’g’risi bir suhbatda ishlatgan so’z va iboralarim, keyingisida unutilishi mumkin. Bu ko’p qo’llaniladigan oddiy so’zlar bilan ham bo’ladi. Shuning uchun til o’rganishda qisqa va oson yo’l yo’q. Biz shunchaki input mashqlarini davom ettirishimiz kerak. Asosiysi biz uchun qiziqarli va biz tushunadigan kontentlardan (kontent – til o’rganish uchun tayyorlangan matn, eshittirish, video, rasm materiallar) foydalanishimiz lozim.

1 thought on “Chet tilini o’rganish uchun qancha so’zni bilish kerak?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *