Tez uxlab qolish uchun 3 ta ilmiy isbotlangan uslub

Tez uxlab qolish uchun 3 ilmiy isbotlangan uslub

Tez uxlab qolishni albatta barcha istaydi. Lekin u biz o’ylaganchalik tez sodir bo’lavermaydi. Ammo barcha narsalarga ilmiy yondashilsa, ba’zi yo’llarini topish mumkin. Doktor Alan Mandeldan ilmiy isbotlangan tez uxlashning 3 ta usullarini o’rganamiz:

  1. Hech qachon to’q qorin bilan uxlashga yotmang.

Uyquga yotishdan oldin hech ham ovqat yemang. Iloji boricha ovqatni uxlash vaqtingizdan 3-4 soat oldin yeng. Asosiysi yog’larga boy ovqatlarni yeyishdan tiyiling, chunki yog’larga boy ovqatlarni hazm qilish 6 soatgacha davom etishi mumkin. Uxlashdan oldin mevalardan iste’mol qilsangiz bu ovqat hazm qilishga yordam beradi.

  1. Uxlashga yotganingizda miyangizni bo’m-bo’sh qiling.

Uxlashga yotganda streslardan, mas’uliyatlardan, sizni havotirga solayotgan har xil fikr-hayollardan halos bo’lish kerak. Miyangizni tozalab, sizga tinchlik olib keluvchi fikrlarni o’ylashga harakat qilishingiz kerak. Masalan, go’zal dengiz haqida fikr yuriting.

  1. ‘4-7-8’ prinsipi

Oxirgi maslahat butun tanani nafas olish orqali kislorod bilan to’ldirish haqida bo’lib, bu orqali siz miyangizdagi yorug’lik tezligida yuz berayotgan nerv sistemalarining axborot-elektron almashinish jarayonini sekinlashtirish haqida. Buning uchun siz ‘4-7-8’ prinsipiga amal qilishingiz kerak bo’ladi. Siz 4 sekund davomida burundan nafas olasiz, 7 sekund davomida nafasingizni ushlab turasiz, 8 sekund davomida nafasingizni chiqarasiz. Shuni unutmangki, nafas olish, ushlab turish va chiqarish davomida doimo tilingizni tepa tishingizning orqasida ushlab turasiz. Tanangiz bo’shashganligini his etasiz. Uxlashdan oldin bu turdagi nafas olish mashqini bir necha bor bajarsangiz tezda uxlab qolganingizni his qilasiz. Doktor Alan Mandel bu texnikani bir necha yillardan beri qo’llab keladi va boshqalarga ham bunday qilishni tavsiya qiladi. Siz ham qo’llab ko’ring va natijasini baham ko’ring.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *