Sarkarda Sun Zudan 7 strategiya

“Jang san’ati” asaridan hayotingizni o’zgartira oladigan 7 prinsip

Qadimgi Xitoyda yashab o’tgan buyuk sarkarda va strategist Sun Zu o’zidan “Jang san’ati” nomli asar qoldirgan. Asar asosan harbiy urushda g’olib bo’lish strategiyalarini o’rgatsa ham, asardan inson o’z hayotida turli sohalarda qo’llashi mumkin bo’lgan darslar bor.

Agar quyidagi maslahatlarni hayotingizda sinab ko’rsangiz, albatta, samarasini tezda ko’rasiz.

1.Yangi ishga qasd qilsang, barcha keladigan mashaqqatlarga tayyor tur.

Oldingizga qanday maqsad qo’yishingizdan qat’iy nazar (marafon yugurasizmi, yoki boy bo’lmoqchimisiz) unga erishish uchun yuriladigan yo’ldagi mashaqqatlar, qiyinchiliklar, chiqimlar, vaqtingiz va asablaringizni boy berishga tayyor turishingiz kerak. Maqsad qanchalik katta bo’lsa uning narxi ham shuncha yuqori bo’ladi.

Alisher Navoiy aytganidek:

Kapalak himmati haqida ruboiy

Maqsad qo’yishdan oldin u sizdan nimalarni qurbon qilishni talab qilishini yaxshilab o’ylab ko’ring. Qancha vaqtingizni oladi? Qancha pul ketadi? Qancha mehnat qilish kerak? Unga yetishish uchun nimalardan voz kechish kerak? Qog’oz oling va barchasini yozib chiqing.

Maqsadlaringizni ma’lum bir oraliqda, masalan, haftada bir marta qayta ko’rib chiqing. Ularni qayta ko’rayotganda, nimalarni qurbon qilish kerakligini ham ko’rib chiqasiz. Shunda sizga kelajakda qiyinchiliklarni qarshi olish oson kichadi, chunki siz buni oldindan taxmin qilgansiz.

2.Rejalashtirish va tayyorgarlik – muvaffaqqiyat asosi.

Harbiy strategist Sun Zu jangni rejalashtirish va unga puxta tayyorgarlik ko’rish muvaffaqqiyat asosi ekanligini yaxshi anglagan. U soatlab o’tirib olib, bor kuchi, ilmi bilan o’zida bor barcha strategiyalarni ko’rib chiqar va keyingi qiyinchilikni yengish uchun to’xtovsiz tayyorgarlik ko’rar edi.

Davomiy o’rganishi va tayyorgarligini to’xtovsiz yaxshilab borishi Sun Zuga o’z davrining buyuk sarkardasi bo’lishiga sabab bo’ldi. Lekin Sun Zu rejalashtirish ishning avvalgi kichik bir qismi ekanligini ham bilgan. Sunzu eng puxta ishlangan reja ham agar askarlar sarkardaning g’oyalariga tayyor bo’lmasa barbod bo’lishini bilgan. Shuning uchun bilishni o’zi kamlik qiladi, biz uni amalda qo’llashimiz kerak.

Buning uchun Sun Zu reja bitganidan so’ng barcha vaqtini unga tayyorgarlik ko’rish bilan o’tkazgan. Har bir harakat, har bir shakl, har bir askarni rejaga muvofiq harakat qilishi uchun juda ko’p mashq qildirgan. Uning askarlari to’xtovsiz mashqlar va tayyorgarlik natijasida har qanday jagda dovdiramasdan to’g’ri harakat qilish, birlikni va safni buzmaslik, ruhiyatni yuqori saqlab qolish kabi xislatlarga ega bo’lishdi.

Kelajakni yaxshi va katta tasvirda niyat qilish bilan birga uni rejalashtirib, keyin unga kerakli tayyorgarlikni olib borish kerak. Arnold Shvarsnegger aytganidek: “Hayotda tasodifan yuksalish yo’q, barchasi takrorlash, takrorlash va takrorlashdan iborat.”

Hayotda aqlli yoki kuchli odamlar emas, balki ko’proq mashq qilgan odalar ilgarilab ketishadi.

3.Jang avval fikrda yengiladi, keyin maydonda.

Jang maydoniga kirishdan oldin unda yengib chiqishga to’liq ishonch hosil qilish kerak. Jang maydonida yengish qiyin emas, o’z fikringda yengish qiyin.

Boshqacha aytganda ishonch bilishdan va mashq qilishdan kelib chiqadi. Agar siz bir narsa haqida yetarli bilsangiz, unga ko’ra yetarli harakatlarni bor kuch-quvvatingizni sarflab tayyorlangan bo’lsangiz, siz uchun bu ishni qila olishga bo’lgan ishonchingiz ortadi. Ammo doim ikkilanish degan narsa fikrimizda vaqti-vaqti bilan paydo bo’lib turadi. Buni esa fikr maydonidagi jangda yengish kerak bo’ladi.

Siz ham hayotingizdagi ishlarni jang deb olsak, unda yengib chiqish uchun avval fikringizda yenging. G’alabani tasavvur qiling va tayyorlanishda, harakat qilishda davom eting.

4.Katta ishlarni kichik bo’laklarga bo’ling.

Sun Zu o’z asarida 100,000 kishilik lashkarni boshqarish haqida gapiradi. O’ylab ko’ring u paytlarda internet bo’lmagan, qanday qilib Sun Zu 100,000 kishilik askarlarni boshqara bilgan. Javobi oddiy – 100,000 kishilik qo’shin bo’laklarga bo’linib idora etilgan. Natijada Sun Zu faqatgina 10 yoki 20 ta katta sarkardalarni boshqarishi kifoya qilgan.

Boshqa ishlarni bajarishda ham buni qo’llash mumkin. Katta loyihalarni bajarishda ularni kichik bo’lakchalarga bo’lish kerak. O’zingiz bajarsangiz o’zingiz hayratda qoladigan darajada katta maqsad qo’ying. Keyin uni bo’laklarga bo’lib chiqing. Masalan marafon yugurish uchun 40 km masofani to’xtamay yugurib o’tishingiz kerak bo’ladi. Lekin siz bu ishni bo’laklarga bo’lib olasiz. Avval 100 metrga yugurasiz, bu ish oson bo’lganidan keyin, 1 kmga yugurasiz. Shunday qilib ma’lum vaqt o’tganidan keyin siz 40 kmni bemalol yugurib o’ta olasiz.

5.Natijalarni emas, uslublarni almashtiring.

Hayotda judayam ko’p takrorlanib bo’ladigan holat shuki siz qilmoqchi bo’lgan ishlaringiz uchun kerakli qulay vaziyat deyarli bo’lmaydi. Shuning uchun siz maqsadni qo’ygandan keyin, har qanday vaziyatda ham mashaqqatlarda sabr qilib maqsadni o’zgartirmasdan olg’a intilishingiz kerak.

Sarkarda Sun Zu ham hayotidagi ko’p rejalari kutilganidek bo’lmagan, ba’zan askarlari kasal bo’lib qolgan, ba’zan tabiat hodisalari tufayli rejalarini o’zgartirishga majbur bo’lgan.

Maqsadga erishishda rejalaringizni vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turing, lekin natijalarni emas. Agar biror narsa ish bermasa, boshqasini sinab ko’ring. Agar siz buni doimiy odatga aylantirsangiz siz har qanday vaziyatdan ustalik bilan foydalanishga o’rganib qolasiz.

6.Orolni egallamoqchi bo’lsang, suzib kelgan kemalarni yoqib yubor!

Bu so’zlar 2000 yil oldin Angliyani osonlik bilan qo’lga kiritgan mashhur sarkarda Yuliy Sezarga tegishli. O’sha paytda Sezar o’z askarlari bilan Angliya qirg’oqlariga kelib tushganda, u o’z askarlarining soni Angliya askarlarinikidan ozligini payqab qoldi. Shunda Sezar askarlari qo’rquvdan kemalar tomon qochishayotgandi. Keyin u qat’iyatini bildirish maqsadida kemalarni yoqib yuborishga buyurdi. Endi askarlarni oldida faqat ikki yo’l bor edi: yo Angliyani qo’lga kiritamiz yoki baribir o’lib ketamiz. Siz ham hayotingizda bu usulni qo’llang. Nima ish qilayotgan bo’lsangiz ham o’zingizni o’sha ishni qilmasangiz bo’lmaydi holatiga olib keling, ya’ni ishni zarurat holiga keltiring.

7.Eng yaxshi natijani kutib, eng yomoniga tayyor turish.

Sun Zu urushni rejalashtirayotib doim eng yomoniga tayyor turishni ham ko’zdan qochirmasdi. Askarlar qanchalik mohir bo’lmasin, urush ham tasodiflarga boy. Sarkarda Sun Zu doim urush taktikalarini bir necha ssenariylarda ko’rib chiqardi. Bu ssenariylarda dushman qanday harakat qiladi? Agar yomon holatga tushib qolsa Sun Zu qaysi taktikani ishga soladi? Har qanday vaziyatga tayyor, har qanday dushman harakatiga qarshi harakat ishlab chiqar edi.

Hayotda ham shunday bir loyiha ustida ish olib borayotib, necha-necha kutilmaga holatlarga duch kelasiz. Rejadagi ish qolib boshqa ishga umuman aloqasi yo’q bo’lgan narsalar haqida bosh qotirishga tushib ketamiz. Shuning uchun har qanday vaziyatni oldindan taxmin etib rejani shunga ko’ra pishitish kerak. Lekin bu degani siz ishning faqat salbiy tarafini qidiring degani emas, balki har ehtimolga qarshi har qanday hodisalarga tayyor turish kerak.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *