Bir soatlik yugurish, umrni yetti soatga uzaytiradi
Jismoniy mashlar orasida eng samarali va oddiysi bu albatta yugurish hisoblanadi. Yugurishning foydalari ko’p bo’lib u yurak xuruji va saraton kasalliklarini oldini olishda, qon bosimini bir maromda ushlab turishda yordam beradi.
Olimlar yaqinda Progress in Cardiovascular Disease jurnalida yugurish haqida yangi tadqiqot natijalarini baham ko’rdilar. Tadqiqot natijasiga ko’ra yugurishni doimiy mashg’ulotiga aylantirib olgan insonlar yugurmaydigan insonlarga ko’ra 3 yil ko’proq yashashar ekan.
Tadqiqotchilar avvalgi izlanishlarida yugurishdan boshqa uzoqroq yashashga sabab bo’luvchi yurish yoki velosipedda uchish kabi mashg’ulotlarni ta’sirini tekshirib ko’rishgan edi. Lekin tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki yugurgan insonlar yurgan yoki velosipedda uchgan insonlardan ko’ra ko’proq yashashlari ma’lum bo’ldi. Yugurishning samarasini yurish, velosipedda uchish yoki boshqa bir mashq turidan ancha foydali ekan. Olimlarning hisoblashicha bir soatlik yugurish yetti soatlik umrni uzaytirishi mumkin ekan. Haftasiga to’rt soatlik yugurish inson umriga 3 yil qo’shishi mumkinligi ham aniqlandi. Bundan tashqari yugurishning haddan oshib ketishi ham hayot uchun xavfli deb topilmadi. Muntazam yuguruvchilar o’z vaznlarini o’rtacha miqdorda ushlab turishar ekan. Agar yugurishga boshqa jismoniy mashq turlarini qo’shsangiz erta hayotdan ko’z yumishni oldini olgan bo’lar ekansiz. Shuning uchun olimlar yugurish bilan birga boshqa turdagi jismoniy mashqlarni qo’shib bajarish eng optimal variant ekanligiga urg’u berishdi.