Dunyoni hayratda qoldirgan 10 tilshunos

national flags of countries all over the world

Bir necha tilni biladigan inson haqida gapirilganda hamma havas qiladi. Lekin tarixda bir necha o’nlab tillarni mukammal bilgan shaxslar ham o’tgan. Hozirgi kundagi til o’rganuvchilar bitta tilni o’rganish qiyin deb turgan bir paytda ular 100 dan ortiq tillarni bemalol o’zlashtirishgan. Quyida tarixda ko’p tillarni bilishi bilan tanilgan ba’zi poliglotlar bilan tanishamiz. Bu yerda keltirilgan ro’yhatda ba’zi poliglotlar tushib qoldirilgan bo’lib ular haqida keyingi maqolalarda yoritilib boriladi (Masalan: Abu Nasr Forobiy va boshqalar). Bular haqida o’qigan til shinavandalari o’z fikrlarini o’zgartirib, til o’rganishni oson deb talqin qilsalar ajab emas.

Ziad Fazah:

Livanlik tilshunos Ziad Fazah hozirda ginnes rekordlariga kirgan tilshunos bo’lib, u 58 ta tilni mukammal bilishi bilan tanilgan. U arabcha, polyak, tay, urdu, norveg va boshqa tillarda o’qishni va gapirishni mukammal bilgan. Said Fazahni qobiliyatlarini bir necha bora televideniyada to’g’ridan-to’g’ri efir orqali imtihon qilib ko’ringanda u hammani hayratga solgan edi.

Juzeppe Gaspardo Mezzofanti:

Tarixning mashhur poliglotlaridan hisoblangan Juzeppe Mezzofanti aslida Katolik Cherkovi kardinali bo’lgan. Italiya nazariyotchisi diniy bilimlarni puxta egallashdan tashqari etnologiya, arxeologiya, numizmatika va tilshunoslikdan xabari bo’lgan. Mezzofanti til o’rganishga juda qizziqqan va 39 dan ortiq tilda bemalol gaplasha olgan. Ba’zilarning takidlashicha u ba’zi tillarning barcha shevalarida ham gaplasha olgan bo’lib, hammasi bo’lib 100 dan ortiq shevalarni o’zlashtirgan.

Ser Jon Bovring:

Britaniyalik iqtisodchi, sayohatchi, yozuvchi va Gong Kongning 4-rahbari Ser Jon Bovring 200 dan ortiq tilni bemalol tushuna olgan va 100 tasida bemalol suhbatlasha olgan.

Kennez Hale:

Massachuts Texnologiyalari Instituti professori Kennez Hale 45 dan ortiq tilni mukammal bilgan. Hale institutida Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Avstraliyadagi yo’qolib borayotgan tillar borasida tadqiqot olib borish  bilan bir qatorda u tillarni o’rganishga kirishadi. Kennez Halening boshqalardan ajratib turadigan jihati uning tillarni tez o’rganishida edi. Shunchalikki, yangi tilda mahalliy insonlar bilan 10-15 daqiqa gaplashgandan keyin suhbat qilib ketaverar edi.

Jorj Dumezil:

Fransuz filiologi Jorj Dumezil o’zining mifologiya va ijtimoiy sinflar nomli ishlari bilan mashhur. Dumezilning asosiy qiziqishi antik tillar bo’lgan. Uning 200 ga yaqin tillarda gaplashgani aytiladi.

Uvilyam Jeyms Sids:

Uvilyam Jeyms Sids yoshligidanok vunderkind bola edi. Uning IQ si rekord darajada 250 va 300 orasida deb e’tirof etilgan. U 8 yoshga to’lganida 8 ta tilni mustaqil ravishda o’zlashtirgan edi (lotin, yunon, rus, fransuz, olmon, ibroniy, turk va arman tillari). Shuningdek u Vendergood deb atalgan o’z tilini kashf etadi. Katta yoshga yetganda u 40 dan ortiq tillarda mukammal gaplasha olar edi. Ba’zilarning ta’kidlashlaricha u bir kunda yangi tilning fundamentallarini o’rganib olar ekan. Ko’pchilik tarafidan haddan ortiqcha e’tibor tufayli u yolg’izlikni hush ko’radigan bo’ldi va bu 47 yoshida vafotiga qadar davom etdi.

Ferenc Kemeny:

Vengriyalik tarjimon Ferenc Kemeny o’zining o’tkir tilshunoslik qobiliyati bilan ajralib turardi. Kemeny 40 ga yaqin tillarni tushuna olar, 24 ta tilda yoza olar va 12 ta tilda bemalol gaplasha olar edi. U ko’pgina sherlarni va adabiy asarlarni tarjima qilgan, ko’pincha o’zining ona tilidagi asarlarni boshqa tillarga tarjima qilardi.  U vengercha asarlarni 17 ta chet tiliga, boshqa 30 tildagi asarlarni esa vengerchaga tarjima qilar edi.

Emil Krebs:

Germaniya diplomati va Xitoy bo’yicha ekspert Emil Krebs tarixda o’zining tilshunoslik qobiliyatlari uchun hamon eslanadi. Hayoti davomida u 68 ortiq tillarda suhbat qurgan va jami bo’lib 120 tilni o’rgangan. U xar hil tillarda chop etilgan 3,500 ta asarlarni to’plagan. Hozirda bu kitoblar milliy arxivda saqlanadi. Shunisi g’alatiki Krebs hayotlik davomida o’zining ona tili german tilidan oz foydalangan, ko’pinchi u boshqa tillarda gaplashar edi. U vafot etganidan keyin Dusseldorf Miya Tadqiqotlari Instituti olimlari uning miyasini o’rganish uchun olishgan edi. Tadqiqot natijalarida Krebs miyasi vaqt o’tib o’z tuzilishini o’zgartirgan degan xulosaga keladi.

Lomb Kato:

Lomb Kato Vengriyalik gipperpoliglot va tarjimon bo’lib, u rus tilini rus tilida chop etilgan asarlarni o’qish orqali o’rgangan edi. Boshqa tillarni ham u shu alfozda o’rganishda davom etadi. Barcha tillarni o’zi mustaqil o’rgangan Lomb Kato: «Inson tildan grammatikani o’rganadi, lekin grammatikadan hech qachon tilni o’rgana olmaydi» degan xulosaga kelgan edi. U 10 ta tilda tarjimonlik qilgan, 6 ta tilning texnik lug’atlari ustida ish olib borgan, 11 ta tilda mukammal o’qiy olgan va 16 ta bolgar, xitoy, daniyacha, ingliz, fransuz, german, ibroniycha, italyancha, yaponcha, polyak, rumin, rus, slovak, ispan, ukrain va boshqa tillarda mukammal gaplasha olgan.

Sir Richard Francis Burton:

Britaniyalik sayohatchi, geograf, diplomat, ayg’oqchi va kartograf Ser Richard Francis Burtonning 29 ta tilda gaplashgani va sanoqsiz shevalarni ham o’zlashtirgani aytiladi. U ko’p tillarni Osiyo, Afrika va Amerikaga uyushtirgan sayohatlari davomida o’rgangan. Lekin Francis Burton yoshligidanoq chet tillarini o’rganishni boshlagan edi. fransuz, italyan, neopolitan, lotin tillarini bir necha dialektlarini maktabni tamomlayotgan paytida mukammal o’rgangan edi. U shuningdek ko’pgina kitoblarni tarjima ham qilgan, ularning mashhurlaridan biri arab tilidagi Ming Bir Kecha asari edi.

Maqola muallifi: Angelita Williams

Tarjimon: Komron-Mirzo Abduvaliyev

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *