Eng ko’p pul topuvchi 20 ta websayt

Quyidagi keltirilgan ro’yhatda dunyo bo’yicha eng yaxshi pul ishlap topadigan 20 ta websayt keltirilgan. Ulardan ko’pchiligi sizga yaxshi tanish. Ho’sh Amazon, Google va Facebook qancha ishlab toparkin?

Amazon – yiliga 34,204,000,000 AQSH dollari  yoki 1 sekundda 1,084 AQSH dollari

Yaqindagina dunyoning eng boy odami maqomini olgan Jef Bezos tomonidan 1994-yilda ijod etilgan hammaga tanish amazon websayti hozirda taxminan 33,700 xodimga ega. Amazon haligacha dunyoning eng katta onlayn savdo do’koni bo’lib qolgan. AQSH da joylashgan bu kompaniya dunyoning qator davlatlari xususan Buyuk Britaniya, Avstriya, Yaponiya va Xitoy kabilarga mahsulot sotadi va yetkazib beradi. Amazon hozirda nafaqat onlayn savdo do’koni balki, IMDb, Lovefilm, Zappos va Alexa nomli kompaniyalarni o’z tarkibiga olgan oila hisoblanadi. 

Google – yiliga 29,321,000,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 929 AQSH dollari

Hammaga tanish bo’lgan Google kompaniyasi Facebookning internet traffik sohasidagi yetakchiligiga javoban Google+ loyihasini ishlab chiqdi. 1996-yilda Larry Page va Sergey Brin tarafidan tadqiqot olib borish natijasida dunyoga kelgan Google tez orada dunyoga mashhur bo’ldi. Dunyodagi barcha axborotlarni bir tartibga keltirgan va barcha uchun kirishga oson qilgan Google hozirgi kungacha dunyoning eng yaxshi onlayn izlash motori hisoblanib keladi.

eBay – Yiliga 9,156,000,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 290 AQSH dollari

1995-yilda Piyer Omidyar tomonidan tashkil topgan Ebay xaridor bilan xaridor o’rtasidagi savdoga asoslanadi. Hozirda 35 dan ortiq kompaniyalarga egalik qiluvchi Ebay AQSH, Janubiy Koreya, Hindiston, Fransiya va Shvetsariyadagi o’zining 6 ta onlayn auksioniga ham ega. 

Yahoo! – Yiliga 6,324,000,000 AQSH dollari yoki sekundiga 200 AQSH dollari

Biz Yahooni Google bilan hech qachon raqobatdan charchamaydigan sayt sifatida bilamiz. Yahoo eng ko’p ishlab topuvchilar ro’yhatida 4-o’rinda. Ko’p funksiyalari jihatidan Google o’xshab ketadigan Yahoo 1995-yilda tashkil topgan bo’lib hozirda u 60 dan ortiq kompaniyalarni sotib olgan.  

Alibaba – yiliga 5,557,600,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 176 AQSH dollari

Alibaba dunyodagi eng katta bizneslarni bog’lovchi, asosan import va eksport bilan shug’ullanuvchi kompaniya hisoblanib, hozirda undan 240 davlatda foydalanib kelinadi. Alibaba foydalanuvchilarini butun dunyo bilan bog’lab bersa, Aliexpress xaridorlar va sotuvchilar o’rtasidagi kichikroq o’tkazmalar bilan shug’ullanadi. Hozirda Alibaba  65 milliondan ortiq foydalanuvchisiga, dunyo bo’ylab 70 dan ortiq o’z offisiga ega. Aynan Alibaba hozirda dunyo bo’yicha bo’layotgan onlayn savdolarning qiroli bo’lib turibdi.   

Expedia, Inc. – yiliga 3,348,000,000 AQSH dollari yoki sekundiga 106 AQSH dollari

1996-yilda Microsoft kompaniyasidan ajrab chiqqan Expedia korporatsiyasi hotels.com dan tortib tripadvisor gacha bo’lgan barcha birlashtiruvchi tarmoqlarga egalik qiladi. 2008-yilda Fortune Expedia kompaniyasini dunyoni lol qoldirgan 3 ta internet kompaniyalaridan biri deb e’tirof etdi. Dunyodagi sayohatlar va unga tegishli bo’lgan barcha narsalarni buyurtma qilish borasida Expedia kompaniyalari yetakchilik qilib keladi. 

Priceline – yiliga 3,072,240,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 97 AQSH dollari

Priceline «o’z narxingni o’zing belgila» tarzidagi narxlash sistemasiga ega bo’lib, asosan aviachiptalar, mehmonxonalar, sayohatlar va kema chiptalarini sotish bilan shug’ullanadi. Bu sistemada sayohatchilar o’zlari to’lashmoqchi bo’lgan narxni, qaysi joyga bormoqchi ekanlarini oldindan aytishadi, lekin ular foydalangan barcha xizmatlarning asl narxlari xizmatdan foydalanib bo’lgandan keyin ma’lum bo’ladi. Sistema bo’yicha esa xizmatdan foydalanib bo’lgandan keyin ular pullarini qaytara olmaydilar. G’ayrioddiy g’oya bo’lishiga qaramasdan Priceline hozirgacha ko’p pul ishlab topishning uddasidan chiqa oldi. 

AOL – yiliga 2,417,000,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 77 AQSH dollari

1991-yilda America Online nomi bilan mashhur bo’lgan kompaniya 2006-yilda brendini AOL brendiga o’zgartirdi. AOL 30 million faol foydalanuvchiga ega. AOL o’zining tezkor ishlashi bilan qolgan saytlardan ajralib turadi. 

NetFlix – yiliga 2,160,000,000 AQSH dollari yoki sekundiga 68 AQSH dollari

NetFlix avvaliga DVD disklarni ijaraga beruvchi kompaniya edi holos. Keyinchalik internetning rivojlanishi bilan NetFlix kinosevarlar uchun onlayn kinoteatr ochdi. NetFlixda kinolarni arzon narxlarga tomosho qilish mumkin. 

Facebook – yiliga 2,000,000,000 AQSH dollari sekundiga 63 AQSH dollari

Bu kompaniya shunchalik mashhur bo’lib ketganidan, u haqida kino ham ishlashdi. Bu barchaga tanish bo’lgan Facebook. Ro’yhatdagi eng yosh kompaniya Facebook 2004-yilda Mark Zuckerberg tarafidan ijod etildi. Hozirda Facebookdan 1 milliardga yaqin odam foydalanadi. 

Baidu – yiliga 1,199,000,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 38 AQSH dollari

Izlash xizmatlari orasidagi eng ko’p foydalanuvchiga ega va eng mashhuri bu albatta Baidu hisoblanadi. Dunyodagi barcha onlayn qidiruvlarning 56.6% Baidu hissasiga to’g’ri keladi. Bu xuddi Xitoy Gooogle degan gap. Baidu o’zida 740 milliondan ortiq websaytni, 80 milliondan ortiq rasmlarni, 10 milliondan ortiq multimedia fayllarini o’z ichiga olishi bilan birga, u o’zining Wikipediyasiga, xaritalariga o’yinlari va internet televediniyasiga ega. 

Overstock – yiliga 1,100,000,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 35 AQSH dollari

2010-yil Overstock uchun yaxshi keldi, chunki u o’zining birinchi 1 milliardini ishlab topdi. O’z nomidan ma’lumki, Overstock ba’zi sotilinmay qolingan mahsulotlarni ulgurji narxlardan ham arzonga sotib yuborish ya’ni mahsulotlardan tezroq qutulish uchun xizmat qiladi. Overstock o’zining mijozlarga xizmatni do’ndirishi va Forbes tarafidan e’tirof etilganidek ishlash uchun dunyoning 10 ta eng yaxshi kompaniyasidan biri ekanligi bilan ajralib turadi. 

Skype – yiliga 860,000,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 27 AQSH dollari

Skype 2003-yilda tashkil topgan. 2010-yilda 663 million foydalanuvchiga ega bo’lgan Skype dunyoning eng katta audio va video qo’ng’iroqlar sayti hisoblanadi. Yaqinda Microsoft Skypeni 8.5 milliard AQSH dollariga sotib oldi.

Zynga – yiliga 850,000,000 AQSH dollari yoki sekundiga 27 AQSH dollari

2007-yilda tashkil topgan Zynga o’zining FarmVille va Zynga Poker deb atalgan onlayn o’yinlari orqasidan hayratlanarli darajada mashhur bo’lib ketdi. Hozirda 270 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. 

Taobao – yiliga 774,210,000 AQSH dollari 1 sekundda 25 AQSH dollari

Taobao Ebay yoki Amazonning xitoycha versiyasi hisoblanadi. O’zida 800 milliondan ortiq mahsulotni qamrab olgan Taobao 370 milliondan ortiq foydalanuvchisiga ega. Taobaoning asosiy daromadi reklamadan kelib tushadi.

Groupon – yiliga 760,000,000 AQSH dollari yoki sekundiga 24 AQSh dollari

2008-yilda tashkil topgan kunning-kelishuvi websayti Shimoliy Amerikada 150 dan ortiq bozorlarda, Yevropada esa 100 dan ortiq bozorlarda mashhur. 35 million foydalanuvchi sohibi bo’lgan Groupon g’oyasi juda oddiy siz qaysi shaharda yashashingizni va qanday mahsulotlarni kelajakda sotib olmoqchi ekanligingizni tanlab qo’yasiz, har kuni sizga siz xohlagan mahsulotlarni turli narxlardagi takliflari kelib tushadi. Shunday qilib siz arzon narxlarga mahsulotlarni xarid qilasiz. Google Groupon uchun 6 milliard AQSH dollari taklif etgan edi. Lekin Groupon rozi bo’lmadi va Google hozirda o’zining Google Offers xizmatini tashkil etish borasida ish olib borayapti. 

Orbitz – yiliga 757,500,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 24 AQSH dollari

Oxirgi yillarda Orbitz daromadi biroz pasayganiga qaramay unda hali ham kuniga 1.5 million sayohat qidiruvi va 1 milliondan ortiq mehmonxona qidiruvi amalga oshiriladi. 2001-yilda tashkil topgan Orbitz ishini asosan aviakompaniyalar bilan hamkorlik qilib boshlagan.

Yandex – yiliga 439,700,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 14 AQSH dollari

Rossiyaning rus tilidagi qidiruv websayti Yandex dunyoga mashhur bo’lgan qidiruv websaytlaridan biri. Yandexning asosiy daromadi reklamadan kelib tushadi. Yandex 10 milliarddan ortiq web sahifalarni o’z ichiga qamrab olishi bilan birga, xaritalar, rasmlar, videolar va yangiliklar kabi funksiyalarga ega. 

ClickBank – yiliga 350,000,000 AQSH dollari yoki sekundiga 11 AQSH dollari

Agar siz shaxsiy blogingizga ega bo’lsangiz Clickbank bilan yaqindan tanishsiz. Clickbank bu elektron mahsulotlar bozori, agar siz elektron kitob yoki mahsulot yaratgan bo’lsangiz uning bozori Clickbank hisoblanadi. Siz o’z mahsulotingizni reklama qilish va kerakli auditoriyaga sotish uchun bu tizimdan foydalanasiz. Clickbank 1 milliondan ortiq foydalanuvchilariga ega. 

LinkedIn – yiliga 215,200,000 AQSH dollari yoki 1 sekundda 7 AQSH dollari

2003-yil mayda LinkedIn tashkil topgan. LinkedIn Facebookka o’xshash ijtimoiy tarmoq hisoblanib, qolgan ijtimoiy tarmoqlardan farqi u ish uchun, ishbilarmonlar uchun. LinkedInda 200 ta davlatdan 100 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor. Bizneslar o’rtasidagi hamkorlik muhimligidan foydalanib tuzilgan ijtimoiy tarmoq. 2010-yilda LinkedIn 1,575 milliard AQSH dollariga baholangan. 

2 thoughts on “Eng ko’p pul topuvchi 20 ta websayt

  1. Hello there,

    My name is Aly and I would like to know if you would have any interest to have your website here at tavakkal.uz promoted as a resource on our blog alychidesigns.com ?

    We are in the midst of updating our broken link resources to include current and up to date resources for our readers. Our resource links are manually approved allowing us to mark a link as a do-follow link as well
    .
    If you may be interested please in being included as a resource on our blog, please let me know.

    Thanks,
    Aly

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *