Dunyoning eng birinchi uchuvchisi

Uchishning juda uzoq tarixi bor. Tarixda juda ko’plagan kashfiyotchi olimlar uchish mashinasini qurishga urinib ko’rishgan. Ular orasidagi eng mashhuri albatta bu aka-uka Wrightlar edi. 1903-yilda o’zlari qurgan samalyotlari bilan birinchi muvaffaqqiyatli uchish tajribasini o’tkazishgan edilar. Lekin ko’pchilik dunyodagi birinchi muvaffaqqiyatli uchishni amalga oshirgan Abulqosim Abbos Ibn Firnas ekanligini bilishmaydi.

Ibn Firnas kim bo’lgan?

810-yilda Andalusiya yoki Kordoba davlatida (hozirgi kunda Ispaniya) yashab ijod qilib o’tgan Abbos Ibn Firnas fizik olim, muhandis, arab shoiri, Andalusiya musiqashunosi va kashfiyotchisi edi. Ibn Firnas birinchi bo’lib uchish moslamasini ijod etgan va uchishni muvaffaqqiyatli sinovdan o’tkazgan odam edi. Uchish qurilmasi bilan u qoyadan sakragan va 10 minut havoda uchishni uddalagan. Lekin afsuski u yumshoq qo’nishni eplay olmay lat yegan. Bu unga muhim saboq bergan va u qushlarning dumi qo’nishda qanchalik muhim ekanligini o’rganib olgan.

Abbos Ibn Firnas o’zining Al-Maqota deb atalgan suv soati bilan va yana ko’pgina boshqa kashfiyotlari bilan mashhur. Bundan tashqari u kristal va qumlar bilan tajriba o’tkazib yuqori sifatli shisha yasay olgan va ko’rish qobiliyatini to’g’rilash uchun linzalar ishlab chiqqan. Astronomiyaga shunchalik qiziqardiki u o’zining shaxsiy planetariyumini kashf qilgan. Planetariyumda aylanuvchi sayyoralar va xonadagi yashirilgan mexanizmlar orqali tushib turgan yorug’liklar bor edi. Qo’shimcha qilib aytsak u ilm-fan yo’nalishida juda ko’plagan kitoblar muallifi bo’lib, Kordoba musiqa maktabining birinchi ustozi ham edi.

Uning ilm-fan oldidagi fidoiyligi va yutuqlari Ibn Firnasni tarixdagi muhim shaxslardan biriga aylantirdi. Hozirda Bog’dod shimoliy aeroporti, Kordobadagi ko’prik va oy kraterlaridan biri uning ismi bilan nomlangan.

Ibn Firnas 887-yili o’zining uchish moslamasini sinash chog’ida vafot etadi.

Ibn Firnasning birinchi samalyoti

Ibn Firnas umrini ilmga bag’ishlagan inson edi. U insonning ucha olishiga ishonar edi va bu yo’lda ilmiy izlanishlar olib borar edi. Qadimgi Misrda va Yunonistonda ko’pchilik olimlar xuddi uningdek uchish borasida ilmiy izlanishlar olib borishgan. Lekin ularning hech qaysi biri Ibn Firnaschalik muvaffaqqiyatga erisha olmadi. Ibn Firnas o’z kitobida o’zining birinchi samalyoti haqida yozib qoldirgan. Lekin uning hech qaysi kitobi hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. U haqidagi ma’lumotlarni yilnomalar yozib qoldirgan boshqa olimlar tarafidan yozib qoldirilgan.

Ibn Firnasning asarlari yo’q bo’lib ketganligi sababli, hozirda insonlar birinchi samalyotni yaratgan olimi sifatida 15-asrda yashab o’tgan Leonardo Da Vinchini tan oladilar. Shunday bo’lsa ham adolat yuzasidan birinchi samalyot modelini ijod etib havoda 10 daqiqa uchishga muvaffaq bo’lgan birinchi inson deb 9-asrda yashab o’tgan Abbos Ibn Firnasni tan olishimiz kerak.

Image result for ibn firnas flying

Birinchi parvoz

Abbos Ibn Firnasning odatda qo’nish bilan muammolari bo’lmas edi, lekin u ba’zida qo’nishda kichik falokatlar bilan ham duch kelardi. U Kordoba shahrida ikkita sharmandali qo’nishni boshidan kechirgan.

Uning birinchi parvozi 852-yili bo’lib o’tgan edi. Firnas o’shanda yog’ochlar va qalin mato bilan ishlangan uchish moslamasida o’zini Kordoba shahrining masjidlarining eng baland minorasidan pastga tashlagan edi. Uchish ko’p vaqt surmagan bo’lsa ham u hech qanday jarohat olmasdan bemalol yurib ketgan edi.

Ikkinchi parvoz

Ibn Firnas har bir o’tkazgan tajribadan xulosa chiqarar va yangi saboq olardi. Shuning uchun u har bir parvozdan keyin moslamani mukammallashtirishga intilardi. Abbos Ibn Firnas keyingi moslamasini ipak va burgut patlaridan yasadi. Mana shundan keyin u Kabal-Al’Arus tog’ida o’zining ikkinchi tajribasini o’tkazdi. Juda katta olomon uni ko’rish uchun to’planishgan edi.

Ibn Firnas uchish oldidan ma’ruza qilib shunday dedi:

“Mana shu daqiqada men sizlar bilan hayrlashmoqdaman. men qanotlarimni xuddi qushlardek pastga va tepaga qilib qoqishim kerak. Agar hammasi ro’y bersa, balki sizlarning oldingizga sog’-omon qaytib kelarman.”

Nihoyat u tog’dan sakradi va 10 daqiqalar chamasi osmonda parvoz qildi. Lekin u qo’nish arafasida qattiq lat yedi va biroz muddat parvoz qila olmay qoldi. Uning jarohati unga eng muhim saboqni qushlarning dumi qo’nish uchun mahsus yaratilinganini bilish imkonini berdi. Firnasning qo’nishda qiynalganligi moslamada dumlarning yo’qligi ekanligini kashf qildi.

Halokatli parvoz

Keyingi deyarli barcha parvozlari Ibn Firnas uchun muvaffaqqiyatli kechdi. Faqatgina oxirgi parvozi halokatli edi. Bu safar falokat qo’nish vaqtida emas, balki parvoz vaqtida moslamaning sinishi oqibatida yuz berdi.

Uning ba’zi saqlanib qolgan yozishmalari va chizmalari keyingi olimlar xususan Leonardo Da Vinchi uchun katta ilhom manbai bo’ldi. Bunga yorqin misol qilib Leonardo Da Vinchining yozishmalarida parvoz moslamasini dumiga katta e’tibor qaratganini ko’rishimiz mumkin.

Shunday bo’lsa ham Ibn Firnas ko’pchilikka notanish bo’lib qolmoqda. Uning asarlari qo’zg’olon vaqtida olovda qolib kulga aylangani bunga katta sabab bo’lsa kerak.

1 thought on “Dunyoning eng birinchi uchuvchisi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *