2018 yilning eng kuchli pul birligi 10 taligi

Dunyodagi eng kuchli pul birligi qaysinisi deb o’ylaysiz? Ko’pchilik bu savolga AQSH dollari deb javob berishi mumkin. Aslida esa unday emas. 07 mart 2018 yil holatiga dunyoning eng kuchli pul birliklari o’nligi.

*(USD-AQSH dollari)

1 – Quvayt Dinori

Pul birligi kodi – KWD

1 KWD = 3.33 USD

Quvayt Dinori AQSH dollariga nisbatan eng kuchli pul birligi hisoblanadi.

Quvayt kichkina yerga egalik qiluvchi, lekin katta boylikka ega bo’lgan davlat. Pul birligining eng kuchli bo’lishi esa dunyoga neft eksport qilishi bilan bog’liq hisoblanadi.

2 – Bahrayn Dinori

Pul birligi kodi – BHD

1 BHD = 2.65 USD

Bahrayn Dinori dunyoning eng qiymatli ikkinchi pul birligi hisoblanadi.

Bahrayn Fors Ko’rfazidagi orol davlat bo’lib, aholisi 1 milliondan ziyodroq. Xuddi Quvaytda bo’lganidek Bahrayn Dinorining kuchli qiymati «qora oltin» eksporti bilan bog’liq. Qizig’i shundaki Bahraynning AQSH dollariga nisbatan qiymati 14 yildan beri deyarli o’zgarmasdan keladi.

– Ummon Reali

Pul birligi kodi  – OMR

1 OMR = 2.60 USD

Ummon Arabiston yarim orolidagi davlat. Strategik joylashuvi jihatidan Ummon rivojlangan iqtisodiyotga va yuksak yashash tarziga ega. Ummon Reali Bahrayn Dinori kabi AQSH dollariga bog’liq valyuta hisoblanadi. Sotib olish qiymati juda yuqoriligi uchun Ummon davlati 1/4, 1/2 Ummon Reali pullarini bostirishga majbur bo’lgan. Yuqoridagi rasmda yarim Ummon Realini ko’rishingiz mumkin.

4 – Iordaniya Dinori

Pul birligi kodi – JOD

1 JOD = 1.41 USD (pegged to dollar)

Iordaniya Dinori qiymati yuqoriligini tushuntirib berish qiyin. Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi iqtisodiy rivojlanmagan davlat, shuningdek boshqa arab davlatlariga o’xshab  neft zahirasiga boy emas. Shunday bo’lsada dunyoning 4-kuchli valyutasiga egalik qiladi.

5 – Britaniya Funt Sterlingi

 Pul birligi kodi – GBP

1 GBP = 1.39 USD

Ba’zilar Britaniya Funt Sterlingi dunyoning eng kuchli pul birligi bo’lsa kerak deb o’ylaydi. Britaniya kolonnalari o’zlarining Funt Sterlinglariga ega: Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Manks, Jersey, Guernsey, Gibraltar Funt Sterlingi, shuningdek Yelena Oroli Funt Sterlingi va Folkland Oroli Funt Sterlinglari. Shunisi qiziqki, Buyuk Britaniya har doim ham kolonnalarini pul birliklarini ya’ni «boshqa Funt Sterlinglar»ni qabul qilavermaydi.

6 – Yevropa Yevrosi (Yevro Dollar)

Pul birligi kodi – EUR

1 EUR = 1.24 USD

Yevroning qiymati oxirgi yillarda oshdi. Oxirgi yillardagina Yevro eng kuchli pul birliklari qatoriga qo’shila oldi. Bunga asosiy sabab esa Yevropa qit’asidagi ba’zi rivojlangan davlatlardir. Shunga qaramay, Yevro dunyo zahirasining 22.2% ga egador dunyoning ikkinchi eng ko’p valyutasi hisoblanadi (AQSH dollari 62.3%).

7 – Cayman Orollari Dollari

Pul birligi kodi – KYD

1 KYD = 1.22 USD

Cayman orollari dunyodagi soliqqa eng tortadigan davlatlaridan biri.

8 – AQSH dollari

Pul birligi kodi – USD

1 USD = 1.00 USD

AQSH dollari hammaga ma’lum bo’lganidek dunyo valyutasi hisoblanadi. Har qanday mamlakatda AQSH dollari bilan muomala qilish mumkin. Dunyo pul reservlarining 62.3% ga egalik qiluvchi AQSH dollari 8-eng kuchli valyuta hisoblanadi.

9 – Shvetsariya Franki 

Pul birligi kodi – CHF

1 CHF = 1.06 USD

Dunyoga o’zining «Bank Sirliligi» bilan tanilgan Shvetsariya dunyodagi eng boy davlatlardan biridir. Pul birligiga e’tibor bering! Dunyodagi vertikal yozuv va tasvirga ega bo’lgan yagona valyuta Shvetsariya Frankidir.

10 – Avstraliya Dollari

Pul birligi kodi – AUD

1 AUD = 0.78 USD

Avstraliya yangi valyutasida qush tasvirini ko’rishingiz mumkin.

O’ntalikning pastida

Kuchli o’ntalikka davogar valyutalar:

Liviya Dinori

Pul birligi kodi – LYD

1 LUD = 0.74 USD

Muhammad Qaddafi rasmi tushurilgan Liviya Dinori dirham sub-valyutasiga ham ega.  Shunisi qiziqki, 1 Dinorni ko’pchilik 100 dirham deb o’ylaydi. Aslida 1 Dinor 1000 dirham hisoblanadi.

Ozarbayjon manati

Pul birligi kodi – AZN

1 AZN = 0.62 USD

Bu ro’yhatda Ozarbayjon Manatini ko’rish albatta hayratlanarli. Mamlakat iqtisodiyoti hayron qolarli darajada kuchli, ishsizlik esa juda past darajada.


Diqqat! Yuqori qiymatli valyuta doim ham rivojlangan iqtisodiyotdan darak bermaydi…

Manba: https://fxssi.com/top-10-of-the-strongest-world-currencies-in-current-year 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *