2018 yilning eng ko’p oltin zaxirasiga ega davlatlar o’ntaligi

2010 yildan beri dunyodagi markziy banklar oltin sotuvchilaridan oltin xaridorlariga aylana boshladi. 2017 yilda 2016 yilga nisbatan oltin sotib olish 36% ga o’sdi (366 tonna).

Ohirgi bir necha yillarda dunyodagi eng ko’p oltin zahirasiga ega davlatlar o’zgarmasdan qolmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlari 8,000 tonna oltin zaxiralari bilan birinchi o’rinni egallab kelmoqda. Qatorasiga 6 yil davomida Rossiya Markaziy Banki oltin sotib olish bo’yicha Xitoy (5-o’rin) va boshqa davlatlarga birinchilikni qo’ldan bermay kelmoqda (GFMS Gold Survey). 2017 yilga kelib 224 tonna oltin sotib olgan.

Hamma Markaziy Banklar ham oltin xarid qilmayaptilar. Ikki yil davomida Venesuela qarzlarini qoplash uchun 25 tonna oltin zaxiralarini sotib yuborish bilan oltin sotishda birinchi o’rinda. Lekin oltin sohasidagi savdolarning umumiy hajmi 55% ga tushib ketganligi, dunyo Markaziy Banklari oltinlarini o’zlarida saqlab qolishni hush ko’rishlarini bildirmoqda.

2018 yil ham markaziy banklar uchun oltinga boy yil bo’ldi. Dunyo Oltini Kengashining (World Gold Council) xabar berishicha birinchi chorakda oltinga bo’lgan talab 42% ga oshgan va jami 116.5 tonna oltin xarid qilingan. Dunyo global qarzi o’sishi sababli markaziy banklar va investorlar o’z boyliklarini oltinga almashtirib, boyliklarni qiyin iqtisodiy vaziyatda eng maqbul yo’l bilan saqlashmoqchi. 

Quyida eng yirik oltin zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar o’ntaligi keltirilgan:

10. Hindiston

Oltin zaxirasi: 560.3 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 5.5%

Hindiston Banki dunyodagi oltin zaxiralari o’ntaligidan joy olishiga hayratlanmasa ham bo’ladi. 1.25 milliard aholiga ega, dunyoda qimmatbaho metallar iste’moli bo’yicha ikkinchi o’rindagi davlatda oltinga bo’lgan talab albatta yuqori bo’ladi. Ayniqsa Hindistonda oktyabrdan dekabrgacha to’ylar va festivallar mavsumi bo’lib, oltin savdosini qizitishda roli kattaligi bilan mashhur.

 

9. Gollandiya

Oltin zaxirasi: 612.5 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 68.2%

Gollandiya Markaziy Banki Amsterdamda saqlanayotgan oltin zaxiralar omborini shaxardan 1 soatlik tashqarida joylashgan Camp New Amsterdamga xavfsizlik masalalari sababli ko’chirmoqchi ekanligini e’lon qilgandi. Oltin zaxiralarining ko’p miqdori AQSH dan o’z vataniga so’nggi yillarda qaytarilgan edi.

8. Yaponiya

Oltin zaxirasi: 765.2

Tashqi zaxiralarning ulushi: 2.5%

Dunyoning eng rivojlangan iqtisodiga egalik qiluvchi Yaponiya oltin zaxirasi bo’yicha 8-o’rinda turadi. Dunyo oltin bozorida Yaponlar agressivliklari bilan farqlanishadi.

 

7. Shvetsariya

Oltin zaxirasi: 1,040 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 5.3%

Aholi jon boshiga hisoblaganda eng ko’p oltinga egalik qiluvchi Shvetsariya global zaxiralar bo’yicha yettinchi o’ringa egadorlik qiladi. Ikkinchi Jahon Urushida betaraf davlatga aylangan Shvetsariya urushda qatnashayotgan har ikkala taraf uchun oltin savdosini olib brogan edi. Bugungi kunga kelib Shvetsariyaning eng yirik oltin savdo sheriklari Gong Kong bilan Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi.

6. Xitoy

Oltin zaxirasi: 1,842.6 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 2.4%

unsplash.com

2015 yil yoz oylarida XXR 2009 yildan beri birinchi marotaba har oyda oltin sotib olishni boshladi. Xitoy oltin zaxiralari bo’yicha dunyoda oltinchi bo’lsada, bu umumiy zaxiralarining faqatgina 2.4% ni tashkil qiladi.

 

5. Rossiya

Oltin zaxirasi: 1,909.8 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 17.6%

Qatorasiga 6 yil davomida Rossiya Markaziy Banki oltin sotib olish bo’yicha Xitoy (5-o’rin) va boshqa davlatlarga birinchilikni qo’ldan bermay kelmoqda (GFMS Gold Survey). AQSH dollaridan diversifikatsiya qilish maqsadida 2017 yilga kelib 224 tonna oltin sotib olgan Rossiyaning Qrimdagi bo’lib o’tgan ishlardan keyin g’arb bilan aloqalari uncha yaxshi bo’lmay qolgan.

 

4. Fransiya

Oltin zaxirasi: 2,436.0 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 63.9%

Bir necha yillar davomida Fransiya Markaziy Banki judayam oz miqdordagi o’z oltin zaxiralarinigina sotib yuborgan va oltin zaxiralarini sotishni umuman to’xtatishga chaqirgan. Mamlakatdagi o’ng qanot Milliy Front Partiyasi prezidenti Marina Le Pen nafaqat oltin zaxiralarini boshqa davlatlarga sotishni muzlatish uchun ishlar olib borgan, balki chet eldagi barcha oltin zaxiralarini vatanga qaytarishga ham mas’ul bo’lib kelmoqda.

3. Italiya

Oltin zaxirasi: 2,451.8 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 67.9%

unsplash.com

Yevropa Markaziy Banki prezidenti Mario Dragi qo’llab-quvvatlashi bilan Italiya bir necha yillar davomida oltin zaxiralari miqdorini o’zgartirmasdan ushlab qolgan. 2013 yilda bir journalist Italiya hukumati Bankining sobiq rahbaridan “Markaziy bank uchun oltinning roli qanday?” deb so’raganda u oltin zaxiralarini “xavfsizlik zaxirasi” deb atab, “oltin zaxirasi AQSH dollariga nisbatan inflatsiya uchun eng yaxshi himoya”, — deb javob bergan edi.

 

2. Germaniya

Oltin zaxirasi: 3,371.0 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 70.6%

O’tgan yili Germaniya o’zining 674 tonna chet eldagi oltin zaxiralarini (Fransiya Banki, Nyu-York Federal Rezervidan) to’rt yil davomida qaytarishni yakunladi. 2013 yil bu haqida e’lon qilinganida bu rejani 2020 yilga kelib tugallashini ma’lum qilgan edi.   

1. AQSH

Oltin zaxirasi: 8,133.5 tonna

Tashqi zaxiralarning ulushi: 75.2%

unsplash.com

Uchta davlatning oltin zaxiralariga teng miqdordagi oltin zaxirasiga egalik qiluvchi AQSH dunyoda oltin zaxiralari bo’yicha yetakchilik qilib kelmoqda. AQSH ning bu ichki zaxirasi bo’lib, chet el zaxiralari dunyo oltin zaxiralarining 75% ni tashkil qiladi. Shuning uchun ham AQSH dollarini qiymati yuqori va u jahon valyutasi sifatida e’tirof etiladi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *