Alkogol miyaga nashadan ko’proq zarar beradi!

AQSH ning ayrim shtatlarida nasha chekishlik (marixuana) jinoyatlar safidan chiqqandan beri, olimlar uning foyda va zararlari ustida yanada jadalroq ish olib bora boshladilar. Lekin miyaning salomatligi haqida gapirilganda alkogol nashadan (marixuana) ko’ra zararliroq bo’lib chiqdi.

Kolorado Bolder Universtiteti olimlari alkogol va nashaning (marixuana) miyaga ta’sirini ilmiy o’rganib chiqishdi. Natijalarga ko’ra uzoq muddat alkogol iste’mol qilish miyaning kulrang va oq moddalari tuzilishini o’zgartirib yuboradi, lekin nasha chekish miya tuzilishida bunday o’zgarishga sabab bo’lmaydi.

Tadqiqot rahbari Kolorado Bolder Universtiteti Nevrologiya fanlari va Psixologiya Departamenti professori Reychal Sayer va hamkasblari bu haqida Addiction jurnalida maqola yozib chiqishgan.

AQSH da o’tgan oyda 22.2 million kishi marixuana nashasini chekib, marixuananing AQSH dagi eng ko’p tarqalgan noqonuniy narkotik ekanligini ko’rsatib berdi.

unsplash.com

Lekin AQSH marixuana chekishni ham tibbiyot ham “dam olish” maqsadida qonuniylashtirish avj olmoqda. Shuning uchun olimlar odamlarni ogohlantirish maqsadida uning ustida tinmay izlanish olib bormoqdalar.

Masalan, o’tgan yili Medial News Today marixuana chekish o’smirlar orasida ruhiy kasalliklarga olib kelishini ta’kidlab maqola yozgan edi. Bundan tashqari marixuana salomatlikning yurak qon-tomir sohasi haqida gapirilganda sigaretdan o’tib tushadi.

Tanga boshqa tarafi ham bor bo’lganidek, marixuana tarkibidagi kannabinoidlar migren kasalligini oldini olish yoki jinsiy quvvatni oshirish xususiyatiga ega ekan.  

Marixuana VS Alkogol: qaysi biri zararliroq?

Sayer va uning hamkasblari marixuana qabul qilish miyaga qanday ta’sir o’tkazishini o’rganishdi.

Loyiha hammuallifi Nevrologiya fanlari va Psixologiya Departamenti professori Kent Hutchisonning aytishicha hozirgi kungacha bunday tadqiqot natijalari aralash bo’lib kelgan edi.

unsplash.com

“Avvalgi yillardagi izlanishlarga e’tibor bersangiz, bir tadqiqot marixuananing hippocampus hajmining kichrayishiga olib kelishini ko’rsatsa, boshqasi marixuana qabul qilish kichik miyadagi o’zgarishlarga olib keladi”, — deb aytadi Hutchison.

“Ya’ni barcha ilmiy izlanishlarda miyaning aniq tuzilishiga ta’siri haqida gap yo’q.”

Mana shu bo’shliqni to’ldirish maqsadida, tadqiqotchilar miya tasvirlaridan olingan ma’lumotlarga tayanib, qaytadan tahlil qilib chiqdilar. Ya’ni marixuananing miyadagi kulrang va oq moddalarga ta’sirini o’rgandilar.

Miya yuzasidagi kulrang moddalari asosan asab hujayralaridan tashkil topgan. Oq moddalar esa chuqurroqdagi to’qimalarda joylashib asosan miyelinli asab tolalaridan tashkil topadi. Oq moddalar bir miya hujayrasidagi elect impulslarini boshqa hujayra va to’qimalarga o’tkazib berish vazifasini bajaradi.

Jamoa o’rganish davomida miyadagi kulrang yoki oq moddalarning kamayishi yoki hajmini kichrayishi yoki yaxlitligini buzilishi miyada nuqsonlar keltirib chiqarar ekan.

“Alkogolning miyaga zararli ta’siri haqida biz o’nlab yillardan beri bilamiz,” – deydi Hutchison. “Lekin nasha haqida oz ma’lumotga egamiz”

Marixuana iste’moli

Tadqiqot 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan 853 ta balog’at yoshidagi insonlar va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan 439 ta o’smirlar o’rtasida olib borildi. Barcha qatnashchilar alkogol va marixuana qabul qilishda turli darajalarda edi.

unsplash.com

Tadqiqotlar natijasiga ko’ra kata yoshlilar orasida ko’p yillab alkogol iste’mol qilish miyadagi kulrang moddalarning kamayishiga va oq moddalar yaxlitligini parchalanishiga olib kelar ekan.

Marixuana iste’mol qilish o’smirlarda va katta yoshlilarda miya tuzilishiga ya’ni kulrang va oq moddalarining keskin o’zgarishiga olib kelmas ekan.

Shunga tayanib olimlar alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, hatto marixuana qabul qilishdan ham zararliroq ekanini ta’kidlashmoqda.

«… albatta marixuana qabul qilishning zarari katta, lekin alkogol zararlari bilan solishtirilganda bu hech narsaga arzimay qoladi.»

Kent Hutchison

 

Yuqorida ta’kidlangan marixuananing tibbiyotda qo’llanilishi haqida aniq fikr mavjud bo’lmay, balki yana chuqurroq o’rganishlarga muhtojligini olimlar aytib o’tishdi. 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *