Energetik ichimliklar sog’liq uchun foydalimi?

Energetik ichimliklar quvvatingizni, hushyorligingizni va diqqat-e’tiboringizni yuksaltirishga mo’ljallangan.

Hozirgi kunlarda energetik ichimliklarni ichish barcha yoshdagilar orasida, xususan yoshlar orasida urfga aylanib ulgurdi.

Lekin ba’zi bir sog’liq mutahassislari energetik  ichimliklar zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi.

Bu maqola orqali energetik ichimliklarni sog’liqqa foyda va zarar taraflari haqida gapirib o’tamiz.

Energetik ichimliklar nima o’zi?

Energetik ichimliklar tarkibida jismoniy quvvat va aqliy faoliyatni rivojlantirish uchun mo’ljallangan elementlar bilan boyitilgan.

Red Bull, 5-Hour Energy, Monster, AMP, Rockstar, NOS va Full Throttle kabi energetik ichimliklarni do’konlarda uchratishingiz mumkin.

Deyarli barcha energetik  ichimliklar tarkibida kafein moddasi bo’lib, u miya faoliyatiga turtki berish orqali tetiklik va diqqat-e’tiborni yuksaltirishga mo’ljallangan.

Lekin kafein miqdori barcha mahsulotlarda har xil bo’ladi. Quyidagi jadvalda siz eng mashhur energetik ichimliklardagi kafein miqdori bilan tanishishingiz mumkin.

Energetik ichimliklar

Mahsulot o’lchami

Kafein miqdori

Red Bull

250 ml

80 mg

WF

Sitro

Flash Up Energy

500 ml

135 mg

18+

Tizer

Adrenaline Rush

Zip


Yuqoridagi ma’lumot ishlab chiqaruvchilarning veb sahifalaridan ilova qilinib olingan.

Energetik ichimliklar tarkibida boshqa ingridientlar ham mavjud bo’lib, ular quyidagilarni tashkil qiladi: 

· Shakar: Odatda energetik  ichimliklar kaloriyasining asosiy manbai hisoblansada, ba’zi energetik ichimliklar tarkibida shakar yoki uglevodlar umuman topilmaydi.

· B vitaminlari: Oziq-ovqatni tanamizga quvvat bo’luvchi energiyaga aylantirishda asosiy rolni o’ynaydi.

· Amino kislota hosilalari:  taurine va L-karnitin moddalari bularga yorqin misol. Ikkalasi ham inson tanasi tomonidan tabiiy ishlab chiqariladi va bir qancha biologic jarayonlarda rol o’ynaydi.

· O’simlik ekstraktlari: Guarana (Braziliyada o’suvchi buta nomi) urug’i kafeinga boy bo’lganligi uchun ham energetik ichimliklarga qo’shilsa, jenshen o’simligi miya faoliyatini yaxshilash uchun qo’shiladi.

XULOSA: Energetik ichimliklar aqli va jismoniy quvvatlarni oshirishga mo’ljallangan. Ular tarkibida kafein, shakar, vitaminlar, amino kislota hosilalari va o’simlik ekstratlari mavjud.

Energetik ichimliklar miya faoliyatini yaxshilaydimi?

Odamlar energetik ichimliklarni turli maqsadlarda iste’mol qilishadi.

Eng mashhur maqsadlardan biri bu – energetik ichimliklar miya funksyasini yaxshilash orqali aqlan hushyor va tetik bo’lishingizga yordam berishidir.

Lekin tadqiqotlar rostdan ham energetik  ichimliklarning shunday foydasi bor ekanligini tasdiqlaydimi? Ko’plab izlanishlar shuni ko’rsatadiki, energetik ichimliklar rostdan ham miya faoliyatini xususan xotira, diqqat-e’tiborni jamlash va sezuvchanlik tezligini (reaksiya) yaxshilanishiga sabab bo’la oladi. Bundan tashqari aqliy charchoqni kamaytiradi.

Masalan, bir tadqiqot natijasida 500 ml Red Bull energetik ichimligini iste’mol qilish diqqat-e’tiborni jamlash va xotirani 24% ga yaxshilashini ko’rsatgan.

Ko’pchilik tadqiqotchi olimlar energetik ichimliklarni bunday natija berishiga asosiy sabab bu uning tarkibidagi kafein moddasi deb aytishsa, boshqalari kafein va shakar yuqoridagi natijani beradi deya izohlashadi.

XULOSA: Ko’p izlanishlar natijasiga ko’ra energetik ichimliklar aqliy charchoqni tushiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi (xotira, diqqat-e’tiborni jamlash va sezuvchanlik (reaksiya) tezligi) .

Energetik ichimliklar charchagan insonlarga quvvat beradi

Energetik ichimliklarni iste’molidan ko’zlangan boshqa sabab bu – energetik ichimliklar insonlarga uyqusizlik va charchoq holatlarida ham faoliyat ko’rsatish uchun yordam berishidir.

Uzoq safarga chiqqan haydovchilar kechqurun mashina haydayotganlarida hushyorlikni yo’qotmaslik uchun energetik ichimliklarni iste’mol qilishadi

Energetik ichimliklar mashina haydash sifatini oshiradi, uyquga to’ymagan haydovchilarning ham uyqusini ketkazadi.

Xuddi shuningdek, tungi navbatchilikda turuvchi xodimlar ham energetik ichimliklarni iste’mol qilish orqali tungi bardamlikni saqlab qolishadi.

Energetik ichimliklar yuqorida ta’kidlangan insonlarga kechasi hushyor qolishga yordam bersada, olimlar o’zlarining boshqa bir tadqiqotlarida energetik ichimliklar uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatishini aytib o’tganlar.

XULOSA: Energetik ichimliklar charchagan insonlarga yaxshi faoliyat ko’rsatishlari uchun ko’mak bera olsada, ba’zi bir energetik ichimlik iste’molchilari uyqu sifatining tushib ketishini kuzatgan ekan.

Energetik ichimliklar ba’zi insonlarda yurak muammolari keltirib chiqaradi

Ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki energetik ichimliklar yurak sohasidagi muammolarni keltirib chiqarishi ham mumkin ekan.

Bir izlanish natijasiga ko’ra energetik ichimliklar iste’moli tufayli bir necha holatlarda insonlar shoshilinch tibbiy yordam bo’limiga yurak muammolari sababli keltirilishgan.

Bundan tashqari AQSHda har yili 20 ming inson tez tibbiy yordam bo’limiga energetik ichimlik iste’moli sababli keltirilar ekan.

Bir necha o’rganishlar energetik ichimliklar iste’mol qilish qon bosimi va yurak urish tezligining ortishiga, bundan tashqari, qon tomirlari funksyalarining muhim belgilari tushib ketishiga olib kelishi mumkin ekanligini ko’rsatdi.

Soha mutahassislarining ta’kidlashlaricha energetik ichimliklarning bunday muammolarga sabab bo’lishiga ular tarkibidagi kafein miqdori sababchi ekan. Bu ta’kid o’rinli bo’lib, yurak sohasida jiddiy muammolari bor bemorlar yo bir vaqtning o’zida 3 ta energetik ichimliklari iste’mol qilishar, yoki energetik ichimliklarni alkogol bilan aralashtirib ichishar ekan.

Agar sizda yurak sohasi bilan bog’liq muammolar bo’lgan bo’lsa, energetik ichimliklardan uzoqroq turganingiz maqsadga muvofiq.

Energetik ichimliklarni goh-gohida, tavsiya qilingan miqdorda iste’mol qilish yurak sohasida muammosi bo’lmagan balog’atga yetgan insonlar uchun zarar emas.

XULOSA: Energetik ichimliklarni tavsiya qilingan normasidan ortiqcha iste’mol qilish, yoki ularni alkogol bilan aralashtirib ichish yurak sohasida muammolarga olib kelishi mumkin.

Ba’zi turlari shakar bilan boyitilgan bo’ladi

Ko’pchilik energetik ichimliklar tarkibida sezilarli miqdorda shakar mavjud.

Masalan, 250 ml Red Bull tarkibida 27 gramm (7 choyqoshiq) shakar bor bo’lsa, 473 ml Monster tarkibida 54 gramm (14 choyqoshiq) shakar mavjud.

Bunday miqdordagi shakarni iste’mol qilish har qanday insonda qon shakarini oshishiga olib keladi. Agar siz qondagi shakarni boshqarishda muammolaringiz bo’lsa yoki qandli diabet kasalligi bilan og’riyotgan bo’lsangiz, energetik ichimliklardan ehtiyot bo’lishingiz tavsiya etiladi.

Shakarga boy ichimliklarni (masalan energetik ichimlar) iste’mol qilish qondagi shakar miqdorining oshishiga olib keladi va agar sizda qandli diabet bor bo’lsa, yomon oqibatlarga olib kelishi tayin.

Qondagi shakar ko’payib ketishi oksidlanish stressi darajasini ko’tarilib ketishi (organizmda erkin radikallar va antioksidantlar o’rtasidagi nomutanosiblik) va yallig’lanishlarga olib keladi. Inson tanasi bu holatda har qanday xronik kasallikka chalinishi mumkin.

Qandli diabetga chalinmagan insonlar ham energetik ichimliklar tarkibidagi shakar miqdoridan havotirga tushishlari lozim. Bir tadqiqot natijasi tarkibida ko’p shakari bor ichimliklarni kunlik iste’mol qilish 2 turdagi diabet kasalliklariga chalinish tahlikasini 26% ga oshirar ekan.

Hayriyatki, aksariyat energetik ichimlik ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarida shakarni kamaytirishmoqda yoki umuman tarkibdan chiqarib tashlashmoqda.

XULOSA: Diabetga bilan og’rigan bemorlar energetik ichimlik iste’mol qilayotganlarida shakarning miqdori ozligiga yoki umuman shakar yo’q ekanligiga e’tibor qaratishlari tavsiya e’tiladi.

Energetik ichimliklarni alkogol bilan aralashtirish sog’liq uchun katta xavf tug’diradi

Ba’zi insonlarda energetik ichimliklarni alkogol ichimliklari bilan aralashtirib iste’mol qilish uchrab turadi. Bu o’z navbatida sog’liqni saqlashdagi katta muammolarga olib keladi.

Energetik ichimliklar tarkibidagi kafein moddasi alkogol tarkibidagi mast qildiruvchi depressiv ta’sirni bekor qiladi. Albatta bu mastlikni his etmasdan, yuqori tetiklikni ushlab turishga yordam bersada, alkogolning tanaga zararli ta’siri kamaymaydi. Natijada bunday inson ko’proq alkogol iste’mol qilishga o’tadi. Bunday insonlar energetik ichimlik aralashtirib ichganim uchun mast bo’lmadin deya, ichgan holatlarida mashina haydashga odatlanib qolishadi.

Avstraliyada o’tkazilgan 403 nafar yoshlar o’rtasidagi tadqiqotga ko’ra, alkogol bilan energetik ichimliklarni aralashtirib iste’mol qiluvchilar faqat alkogolni o’zini iste’mol qiluvchilarga ko’ra olti barobar yurak tez urishini boshdan kechirar ekanlar.

XULOSA: Energetik ichimliklarni alkogol ichimliklari bilan aralashtirib iste’mol qilish mast bo’lish hissini kamaytirishi orqali ko’proq alkogol iste’moliga olib keladi. Shuning uchun ham energetik  ichimliklarni alkogol bilan aralashtirib iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Bolalar va o’smirlarga energetik ichimliklar mumkin emas

G’arbda o’tkazilgan so’rovlarga ko’ra 12-17 yoshdagi 31% bolalar energetik ichimliklarni iste’mol qiladilar.

Amerika Pediatriya Akademiyasining 2011 yilda chop etilgan maqolasiga ko’ra bolalar va o’smirlar energetik ichimliklarni ichmasliklari kerak. Chunki energetik ichimliklar tarkibidagi kafein moddasi bolalarda ichimlikka nisbatan bog’liqlikni paydo qiladi va balog’atga yetmagan bolaning yurak va miya sohalaridagi rivojlanishida muammolar tug’dirishi mumkin.

Soha mutahassislari balog’atga yetmagan bolalar kunlik o’rtacha 100 mg kafein moddasi bilan (ya’ni bola vazniga qarab har kilogrami uchun 2,5mg) cheklanishlari zarur. Masalan 12 yoshli bola vazni 34 kg bo’lsa, kunlik kafein cheklovi 85 mg (34*2,5) bo’lishi kerak.

XULOSA: Yosh bolalar sog’lig’iga energetik ichimliklarning zararli ta’sirlari bo’lganligi sababli 18 yoshga to’lmagan bolalarga energetik ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi.

Energetik ichimliklarni kimlar ichishi mumkin? Tavsiya qilingan miqdori qancha?

Energetik ichimliklar iste’moli haqida gapirilganda, sog’liq uchun zararli deb undagi kafein moddasi miqdori nazarda tutiladi.

Balog’atga yetgan insonlar kuniga 400 mg dan ortiq kafein iste’mol qilmasliklari tavsiya etiladi.

Energetik ichimliklarning 237 ml o’lchamli idishida o’rtacha 80 mg atrofida kafein moddasi mavjud bo’lib, bu bir chashka qahvadagi kafein degani.

Energetik ichimlik ishlab chiqaruvchilari uchun kafein moddasini mahsulot yorlig’ida yozib qo’yish talab qilinmaganligi sababli, kafein moddasi miqdorini aniqlash qiyin bo’ladi.

Energetik ichimligingiz turi va o’lchami orqali tavsiya etilganidan kamroq miqdorda kafein iste’mol qilishni yo’lga qo’yishingiz mumkin.

Lekin ba’zida bitta energetik ichimlik ichish sog’liq uchun hech qanday zararli emas. Faqat energetik ichimliklarni kundalik mashg’ulotga aylantirib, choy kabi ichishdan tiyilish kerak.

Energetik ichimliklarning kunlik dozasi 250 ml ni tashkil qilishi tavsiya qilinadi. Homilador va emizikli ayollar, yosh bolalar va o’smirlar bunday ichimliklarni ichmasliklari shart.

XULOSA: Balog’atga yetganlar uchun kuniga 250 ml energetik ichimligini iste’mol qilishning zarari yo’q. Energetik ichimliklarni ichgan vaqtingizda tarkibida kafein moddasi bor boshqa narsalar iste’molidan tiyiling.

Xulosa qilib aytganda

Energetik ichimliklar miya faoliyatini yaxshilash orqali tetiklik hissini berishi, kechasi ishlovchilar yoki mashina haydovchilar uchun yordam berishi mumkin.

Lekin energetik ichimliklar tarkibida kafein va shakar moddasi borligi sababli bir necha kasalliklarga olib kelishi ham mumkin. Alkogol bilan aralashtirib iste’mol qilish esa daxshatli oqibatlarga olib boradi.

Energetik ichimliklarni ichmoqchi bo’lsangiz kundalik dozadan (250 ml) oshirib yubormang. Energetik ichimlik ichganda tarkibida kafein bo’lgan boshqa ichimliklarni aslo icha ko’rmang.

Yurak sohasida muammosi bor bemorlar, diabetning ikki turi bilan ham og’rigan bemorlar, homilador ayollar, emizikli ayollar va 18 yoshga to’lmagan bolalar energetik ichimliklar ichishi qat’iyan taqiqlanadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *