Homiladorlikda ko’ngil aynishi: Sabablar, ahamiyati va muolajalari

Ba’zi bir homilador ayollarda ko’ngil aynishi ertalabda kuchli bo’lib kun davomida asta-sekin yo’qolib boradi. Lekin bunday holat har qanday paytda bo’lishi mumkin, ba’zi homilador ayollarda kun davomida ko’ngil aynishi kuzatiladi. Ko’ngil aynishining kuchli yoki kuchsiz bo’lishi hammada xar hil bo’ladi.

Birinchi trimesterda (uch oylik) 75% homilador ayollar biroz bo’lsada ko’ngil aynishi yoki qusishni boshdan kechirsalar, ularning yarmida faqatgina qayt qilish kuzatilar ekan.

Ko’ngil aynishining eng yengil holati ham sizni bo’shashtirib yuboradi. Agar ko’ngil aynishi qusish bilan birin-ketin keladigan bo’lsa sizni charchatib yuborishi turgan gap.

Homiladorlikda ko’ngil aynishi qachon boshlanadi va tugaydi?

Ko’ngil aynishi odatda homiladorlikning 6 haftasida boshlansada, 4 haftada ham boshlanish ehtimoli bor. Boshlangan davridan boshlab keyingi oyda bu jarayon kuchayishi kuzatiladi.

Homilador ayollarning yarmi 14 haftaga kelib ko’ngil aynishidan butunlay halos bo’lishadi.

Qolganlarida esa yana bir necha oy ko’ngil aynishi va qayt qilish kuzatilib turadi. Lekin homiladorlik paytida bunday holatlar yo’qolib ketgandan keyin yana takrorlanishi ehtimoli bor.

Homiladorlikda ko’ngil aynishi oddiy holmi?

Ko’pchilik ayollar ko’ngil aynishi va qusish holatlarini birinchi trimesterda boshdan o’tkazishsa, ba’zi homilador ayollarda bu holat ikkinchi va uchunchi trimesterda ham davom etishi kuzatiladi.

Homiladorlikda ko’ngil aynishi kuchayib ketsa shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki ko’ngil aynishining kuchaygan holatida homilador ayol suvsizlanadi va kerakli miqdordagi vazn yig’a olmaydi.

Homiladorlikda ko’ngil aynishiga nima sabab bo’ladi?

Hozirgacha homiladorlikda ko’ngil aynishiga aynan nima sabab ekanligiga hech kim aniq javob bera olgani yo’q. Balki bu ayol tanasida yuz berayotgan jismoniy o’zgarishlar natijasidir. Ba’zi mumkin bo’lgan sabablar quyidagilar:

·         Inson xorionik gonadotropin (hCG). Homiladorlik davrida ayollarda aynan bu gormon ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Hech kimning hali hCG gormoni ko’ngil aynishiga asosiy sababchi degan ilmiy natijasi mavjud emas. Lekin hCG gormoni ko’p ishlab chiqarilishi vaqti bilan ko’ngil aynishining kuchayish vaqti bir-biriga mos keladi. Bunday tashqari ikkidan ortiq bolani qornida ko’tarib yurgan ayol hCG gormonini yanada ko’proq ishlab chiqaradi, bu o’z navbatida kuchliroq ko’ngil aynishi va qusishga sabab bo’ladi.

·         Estrogen. Boshqa gormonlar orasida estrogen ham homiladorlikning ilk davrida ko’p miqdorda ishlab chiqarilgani uchun ko’ngil aynishi sababchisi bo’lish ehtimoli bor.

·         Hidlarga sezuvchanlikning ortishi. Hammaga ma’lumki homilador ayollar hidlarga o’ta sezuvchan bo’lishadi. (Ba’zi tadqiqotchi olimlar hidlarga bunday sezuvchanlikni estrogen gormoni tufayli deya izohlashadi, lekin kim bilsin.)

·         Nozik oshqozon. Ba’zi ayollarning oshqozon-ichak traktlari homiladorlikning ilk davrida bo’layotgan tanadagi o’zgarishlarga o’ta sezuvchan bo’lar ekan. Ba’zi olimlarning aytishlaricha, ayollarda Helicobacter pylori bakteriyasi (qurt turi) mavjudligi tufayli ko’ngil aynishi kuzatiladi. Lekin barcha izlanishlar bunday xulosaga kelmagan.

·         Stress. Tadqiqotchilar homilador ayolning jismoniy o’zgarishlaridagi ko’ngil aynishi stressga bo’lgan anormal reaksiya degan fikrni o’rtaga surishmoqda. Lekin bu g’oyani isbotlaydigan ilmiy dalil-isboti haligacha topilmagan. (Albatta, agar sizda to’xtamasdan ko’ngil aynishi va qusish kuzatilsa, o’zingizda stress holatini kuzatishingiz mumkin!)

Ko’ngil aynishi ba’zi homilador ayollarda boshqalariga nisbatan ko’proq kuzatiladimi?

Homilador ayol ko’ngil aynishi va qusishni boshidan kechirishi mumkin, agar:

·         Siz egizaklarga homilador bo’lsangiz. Albatta ikki va undan ortiq bolakaylar rivojlanishi uchun ko’proq hCG, estrogen yoki boshqa gormonlar kerak bo’ladi. Lekin bu hammaga taaluqli emas. Ba’zi egizaklarga homilador ayollarda ko’ngil aynishi yengil kuzatilishi yoki umuman kuzatilmasligi ham mumkin.

·         Avvalgi homiladorlik davrlarida ko’ngil aynishi va qushish kuzatilgan bo’lsa.

·         Dengiz kasalligiga (harakat kasalligi bo’lib, mashinada, kemada yoki boshqa harakatlanuvchi transport vositalarida ko’ngil aynishi bilan kechadi) moyil bo’lsangiz.

·         Oilangizdagi ayollarning homiladorlik davri kuchli ko’ngil aynishi yoki qusish bilan kechgan bo’lsa.

·         Agar siz qiz farzand kutayotgan bo’lsangiz. Bir necha tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kuchli ko’ngil aynishi va qusish kuzatilayotgan 55% homilador ayollar qiz tug’ar ekan.

Ko’ngil aynishining bolaga ta’siri bormi?

Ko’ngil aynishi va qusishning yengil va o’rta darajalarining hatto siz vazn olmasangiz ham bolaga hech qanday ta’siri bo’lmaydi. Birinchi trimesterdagi bunday holatda biroz ovqatlanib turilsa va yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilinsa ko’p hollarda o’tib ketadi va ishtahangiz yana karnay bo’la boshlaydi. Agar ko’ngil aynishi sizni yetarli miqdorda ovqatlanishingizdan to’sayotgan bo’lsa, shifokor bilan maslahatlashib, kerakli prenatal vitaminlar qabul qilishingiz mumkin.

Qusishning kuchli va davomli bo’lishi katta ehtimol bilan bolaning kam vaznli holda erta tug’ilishi sababchi bo’ladi.

Lekin tadqiqotlarga ko’ra, kuchli qusishni boshidan kechirgan homilador ayollar kamida 7 kg vazn olishga erishar ekanlar. Bu boshqa ayollarga solishtirilganda yomon natija emas.

Ko’ngil aynishi va qusish sog’lom homiladorlik deganimi?

Bir necha o’rganishlar natijasida bolaning to’liq rivojlanmay tushib ketishi kuzatilgan homilador ayollarda ko’ngil aynishi kam bo’lar ekan. (Agar platsenta yaxshi rivojlanmayotgan bo’lsa, tanagizda homiladorlik gormonlari yetishmasligini bildiradi. Agar gormonlar ko’ngil aynishiga sabab bo’lsa, mantiqan olib qaraganda yaxshi rivojlanmayotgan bolani ko’tarib yurgan ayol ko’ngil aynishini boshdan kechirmaydi.)

Shunga qaramay ko’pchilik homilador ayollarda ko’ngil aynishi deyarli kuzatilmagan yoki umuman bo’lmagan. Agar sizda ko’ngil aynishi kuzatilmasa o’zingizni omadli deb hisoblayvering.

Homiladorlikdagi ko’ngil aynishidan qanday qutulish mumkin?

Agar sizda ko’ngil aynishi va qusishning yengil darajasi kuzatilayotgan bo’lsa, oddiy choralar orqali ularni bartaraf etish mumkin. Quyidagilar olimlarning ilmiy o’rganishlari natijasi bo’lmasada, akusherlar va doyalarning tavsiyalari hisoblanadi. Ko’pchilik ayollarga yordam bergan.

·         Kun davomida oz-ozdan tez-tez ovqatlanib yuring. Qorningiz bo’sh qolmasin. Oqsilga boy ovqatlar va murakkab uglevodli ozuqalar foydali hisoblanadi. Shundaylardan nimani ko’nglingiz tusasa, yeb turing.

·         Ovqatlanib bo’lganingizdan so’ng darrov yotib olmang. Bu oshqozondagi hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi.

·         Yotog’ingizda krakerlarga o’xshagan tamaddi ozuqalarni saqlang. Ertalab uyg’onganingizda krakerlardan bir necha tanavvul qiling. So’ngra o’rningizdan turishga shoshilmay, 20-30 daqiqa dam oling. Agar ko’nglingiz aynib tunda uyg’onib ketsangiz krakerlardan yeb olish yordam beradi. 

·         Ertalab o’rningizdan turayotganda shoshilmay turing. Darrov sakrab o’rningizdan turish ko’ngil aynishiga sababchi bo’lishi mumkin. Shuning uchun bir necha daqiqa yotoqda o’tiring, so’ngra asta-sekinlik bilan o’rningizdan turasiz.

·         Ko’ngil aynishiga sabab bo’layotgan har qanday hiddan qoching. Agar hech narsaning hidi yoqmayotgan bo’lsa, kerakli ovqatlardan biroz bo’lsada yeng. Buni homiladorlikning bir ko’rinishi ekanligini unutmang.

·         Ovqatlarni qaynoq yoki o’ta issiq holatida emas balki xona haroratida yoki iliq holda tanavvul qiling.

·         Yog’li taomlar iste’mol qilmang, chunki ularni hazm qilish uchun ko’p vaqt talab etiladi. Bundan tashqari achchiq, kislotali va qovurilgan ovqatlarni iste’mol qilmang. Hazm qilish sistemasini qo’zg’atib yuborishi turgan gap. Yengil hazm bo’luvchi taomlar yeng.

·         Tishingizni yuving va undan so’ng og’zingizni yaxshilab chaying.

·         Suyuqliklarni ko’p iching. Lekin birdaniga ko’p suyuqlik iste’mol qilmang. Aks holda ochlik hissini sezmasligingiz mumkin. Kun davomida bir xo’plam suyuqlikni ichib yurish yaxshi natija beradi. Siydik rangingizdan qancha suyuqlik ichish kerakligini bilib olsangiz bo’ladi. Agar siydik rangi shaffof yoki och sariq rangda bo’lsa, tanangiz yetarli suyuqlik qabul qilmoqda. Agar siydik rangi to’q sariq rangda bo’lsa, ko’proq suyuqlik ichishingiz kerak bo’ladi.

·         Ovqatdan tashqari ko’ngil aynishiga olib keluvchi turtkilardan ehtiyot bo’ling. Bularga issiq va dim xona, o’tkir atirning hidi, mashina hidi, ko’zlarni qamashtiruvchi ranglar va keskin harakatlar kiradi.

·         Toza havoda sayr qiling yoki derazani ochib toza havoda nafas oling.

·         Tinchlaning va qachon xohlasangiz mizg’ib oling. Charchoq ko’ngil aynishini kuchaytirib yuboradi.

·         Televizor ko’ring, vaqtingizni chog’ o’tkazishga harakat  qiling.

·         Zanjabilni iste’mol qiling. Ba’zi homilador ayollar zanjabil iste’mol qilganlarida ko’ngil aynishi yo’qolganini aytishadi. Zanjabil choy iching. Ogoh bo’ling: zanjabil kapsula kukunini iste’mol qilishda ehtiyot bo’ling. Yordam berishi mumkin, lekin uning tarkibida qancha zanjabil borligini hech kim bilmaydi. Shuning uchun avval shifokor bilan maslahatlashing.

·         Yalpiz iste’mol qilib ko’ring. Ba’zi ayollar yalpiz choy ichish yoki yalpizdan tayyorlangan qandlarni yeyish ancha foyda berganini aytishadi. Ovqatdan keyin yalpizdan tayyorlanga choy iching yoki qandidan so’ring.

·         Aromaterapiyadan foydalaning.

Ko’ngil aynishining o’ta kuchli holatlarida nima qilish kerak?

Agar sizda ko’ngil aynishi va qusish o’ta kuchli darajada yuz bersa. Va barcha narsani (suv, sharbat, ovqat, vitaminlar) iste’mol qilganda qayt qilish kuzatilaversa, shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki sizda grapearid giperemeziyasi (o’ta kuchli darajadagi toksikoz) kuzatilayotgan bo’lishi mumkin.

Akusher-ginekologlarga murojaat qilishingiz kerak agar:

·         1 kg va undan ortiq vazn yo’qotayotgan bo’lsangiz.

·         Ko’ngil aynishi va qusish homiladorlikning 9 haftasida boshlangan bo’lsa.

·         Ko’ngil aynishi va qusish homiladorlikning 20 haftasida boshlangan bo’lsa

·         Qon qussangiz.

·         Tik turganda ham boshingiz aylanaversa.

·         Sizda suvsizlanish holatlari kuzatilsa, siydigingiz to’q bo’lsa va kam siyayotgan bo’lsangiz.

 

·         Isitmangiz chiqsa, qorin va bosh o’g’riqlari bezovta qilsa. 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *