2018 yilda eng ko’p turist qabul qilgan 10 ta davlat

Quyida dunyoda eng ko’p turist qabul qilgan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin.

1. Fransiya – 82.6 million turist

Har yili Fransiyaning ajoyib oshxonalari, tarixiy joylari va chiroyli manzaralarini ko’rish uchun millionlagan insonlar tashrif buyurishadi. Parij dunyo turistlari eng ko’p tashrif buyurgan shahar maqomini saqlab kelmoqda. Fransiya turistlar uchun xilma-xil ajoyib sayohatlarni taklif qila oladi. Atlantika qirg’oqlaridagi oppoq sohillarda sorfing bilan shug’ullanishingiz, Alp tog’larida chang’ida uchishingiz, Parij shahrida ajoyib tarixiy joylarni tomosho qilishingiz mumkin. Fransiya sayyohlar uchun xilma-xil sayohatlarni taklif qilgan holda sayyohlar qabul qilish bo’yicha dunyoda yetakchilik qilib kelmoqda.

 

Fransiyada eng ko’p tashrif buyuriladigan joylar

1. Eyfel minorasi Parij shahrining timsoli
2. St Tropez yozgi dam olish maskani
3. Chamonix chang’ida uchish oromgohi
4. Palace of Versailles XVII asr tarixiy obidasi
5. Mont Saint-Michel Normandiya viloyatida joylashgan ajoyib orol

 

2. AQSH – 75.6 million turist

Amerika Qo’shma Shtatlari turli xil madaniyat va etnik guruhlar biro raga kelgan mamlakat.  Qiziqarli sarguzasht shinavandalari uchun Nyu-York va Las Vegas shaharlari eng mashhur sayyohlik manzili hisoblanadi. AQSH ning turistlarni o’ziga maftun etgan jihatlaridan biri shuki yozda tashrif buyurishingiz mumkin bo’lgan sovuq joylar, qishda esa issiq joylar topa olasiz. AQSH da gavjum shaharlardan tortib kimsasiz sahrolargacha, tinch tabiati go’zal bo’lgan qishloqlardan tortib go’zal manzarali dengiz sohillarigacha joylarni kezishingiz mumkin.

AQSH da eng ko’p sayyohlar tashrif buyuradigan joylar

1. Grand Canyon go’zal manzarali joy
2. Manhattan Nyu-Yorkdagi shaharcha

3. Yellowstone National Park milliy park
4. Golden Gate Bridge San Fransisko shahridagi ko’prik
5. Niagara Falls Kanada chegarasida joylashgan mashhur sharshara

 

3. Ispaniya – 75.6 million turist

Ispaniya Yevropadagi eng ko’p sayyoh qabul qilgan mamlakati Ispaniyadir.

Ushbu mamlakatda mashhur sayyohlik joylaridan ba’zilari hayratomuz haykallardan iborat bo’lgan Guvel Parki yoki Moorish tepaligidagi Alhambra kompleksidir. Mamlakatda kashf qilishingiz mumkin bo’lgan ajoyib oq qumli sohillari ham mavjud.

Yuqori sifatli jahon vinolari, tarix sivilizatsiyaning go’zal obidalari, quyoshli qirg’oqlar va haybatli arxitektura yodgorliklari va boshqalar sababli turistlar Ispaniyaga oqib kelishmoqda.

 

Ispaniyada eng ko’p sayyoh kelgan joylar

1. Alhambra Granadadagi o’rmonlar kompleksi
2. Mezquita of Cordoba tarixiy yodgorligi
3. El Escorial go’zal arxitektura kompleksi
4. Sagrada Familia in Barcelona katolik cherkovi
5. Ibiza island oroli

 

4. Xitoy – 59.3 million turist

Pekin va Shanxay Xitoyning eng ko’p sayyohlar qabul qiluvchi shaharlari hisoblanadi. Ulkan shaharlardagi yangi arxitektura qurilishlari, go’zal qishloq manzaralari, gavjum bozorlari va chiroyli sohillari sayyohlarni o’ziga jalb etishda davom etmoqda.

Buyuk Xitoy Devori inson tarixidagi eng katta tarixiy obida hisoblanadi.  25000 dona askarlar uchun kuzatuv minoralarini o’z ichiga olgan bu devor 8860 km ni tashkil qiladi.

Xitoydagi eng ko’p tashrif buyurilgan joylar

1. Buyuk Xitoy Devori 
2. Xiandagi Terrakota Armiyasi haykallari
3. Pekinning markazidagi Taqiqlangan Shaxar obidalari  
4. Guilindagi Li daryosi
5. Xuanshandagi Sariq Tog’lar

 

5. Italiya – 52.4 million turist

O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridagi Italiya Yevropaning eng go’zal mamlakatlari qatoriga kiradi. Rim shahridagi Kolizey, Venetsiyaning ajobtovur kanallari, uylari va qurilish obidalari inson ko’zini qamashtiradi. Bundan tashqari Italiyada Amalfi Coast va Cinque Terre deb atalgan qirg’oq bo’yidagi shaharchalari tabiati go’zalligi bilan dunyoda dong taratgan. Bundan tashqari Yevropadagi eng katta vulqon, sanoqsiz tarixiy monumentlar va yodgorliklarni o’z ichiga olgan shaharlar va dengiz sohillari turistlar uchun manzur bo’lishda davom etib kelmoqda. YUNESKO ga kirgan dunyo tarixiy obidalarining eng ko’pi Italiyada joylashgan.

Italiyaning eng diqqatga sazovor joylari

1. Rimdagi Kolizey binosi
2. Venetsiyadagi Grand Canal (katta kanal)
3. Florensiya Katedrali
4. Piazza del Campo in Siena tarixiy kompleksi
5. Pompeii tarixiy shahri


6. Buyuk Britaniya – 35.8 million turist

Buyuk Britaniya turistlar uchun eng mashhur oltinchi mamlakat. Albatta London hamma uchun ham sayohat markazlaridan biri hisoblanadi. Shimoliy Irlandiyadagi dengiz qoyalari, tabiati go’zal kichik qishloqlari, Edinburgdagi turli do’konlar va festivallar, tarixiy qasrlardan tortib graflik markaziy obidalarini barchasi Britaniyada joylashgan. Britaniyada siz an’anaviy madaniyatni ham, yovvoyi tabiatni ham uchrata olasiz.

Britaniyaning eng diqqatga sazovor sayyohlik maskanlari

1. London shahri
2. Scottish Highlands – Shotlandiya tarixiy maskani
3. Stonehenge –dunyo yetti mo’jizasidan biri
4. Edinburgh shahri
5. York shahri

 

7. Germaniya – 35.6 million turist

Germaniya o’zining ajoyib muzeylari, tarixiy qadamjolari va obidalari bilan turistlar uchun ajoyib tanlov. Sarguzasht iztagidagi sayyohlar Gamburg shahrini tanlashadi. Berlin hamma uchun birdek zo’r tanlov, Frankfurt esa o’zining muzeylari va san’at galereyalari bilan mashhur. Bavariya esa Germaniyaning eng mashhur dam olish zonasi hisoblanadi.

Germaniyaning diqqatga sazovor turistik maskanlari

1. Berlinning Brandenburg darvozasi
2. Kolon Sobori
3. Qora O’rmon – Germaniya janubi g’arbidagi o’rmon
4. Neshvanten Qasri – IXX asr tarixiy obidasi
5. Miniatur Wunderland – Gamburgdagi zamonaviy attraksion


8. Meksika – 35.0 million turist

Meksika o’zining ohanrabo dengiz sohillari bilan turistlarni o’ziga jalb qilib keladi. Bundan tashqari Meksikada mehmonxonalar tanlovi juda keng. Agar tarix sizni qiziqtirsa, Aztek qabilalari xarobalari va muzeylariga tashrif buyurishingiz mumkin. Mexiko shahri va Cabo San Lucas shaharchalari Meksikaning eng go’zal maskanlari hisoblanadi.

 

Meksikaning diqqatga sazovor sayyohlik maskanlari

1. Teotihuakan yodgorligi va Giza Piramidalari
2. Chichen Itza – Yukatan yarim orolidagi Maya hindulari shahri
3. Tulum – plyaj
4. Copper Canyon – kanyonlar tarmog’i
5. Palenque – arxeologik maskan


9. Tayland  – 32.6 million turist

Taylandning ko’pgina tarixiy maskanlari va dengiz qirg’oqlari turistlarni o’ziga jalb etib keladi. Bangkok va Samui Taylandning eng go’zal shaharlari hisoblanadi.

 

Taylandning diqqatga sazovor joylari

1. Ko Phi Phi – 6 dona orollar ro’yhati
2. Phang Nga Bay oroli
3. Bangkokdagi Grand Palace qasri
4. Rai Leh – plyaj
5. Mu Ko Chang National Park – milliy park


10. Turkiya – 30 million turist

G’arb bilan sharqni birlashtirib turgan Turkiya sayyohlar uchun eng sevimli maskanlardan biri hisoblanadi. Istanbul shahri har yili tarixiy obidalari va go’zal bozorlari bilan millionlagan turistlarni qarshi oladi. Izmir, Akdeniz, Anqara va boshqa go’zal shaharlarda turistlar turkiya taomlarini tanovul qilib dengiz sohillarida dam olishni hush ko’rishadi.

Turkiyaning eng diqqatga sazovor sayyohlik maskanlari

 

1. Istanbul shahri
2. Cappadocia – miloddan avvalgi 6 asrga oid bo’lgan tarixiy maskan
3. Ephesus – qadimgi Yunoniston tarixiy shaharlaridan biri
4. Bodrum – dengiz qirg’og’ida joylashgan shahar
5. Side – qadimgi Yunoniston tarixiy shaharlaridan biri

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *