Chet tillarini tez o’rganish uchun 7 ta smartfon dasturi

Hozirgi kunga kelib deyarli hamma internet va smartfonlarga egalik qiladi. Chet tillarini o’rganish uchun odamlar har xil usullardan foydalanishadi. Texnologiyalar rivojlangan davrda smartfonlardan o’z foydamizga foydalanishimiz mumkin. Bular qatorida chet tillarini o’rganishda android/iOs dasturlari qo’l kelishi turgan gap. Quyida siz uchun chet tillarini o’rganish mumkin bo’lgan 10 ta dasturni taqdim qilamiz:

Memrise

Memrise yangi so’zlarni o’rganish uchun eng yaxshi platforma. Unda siz standart chet tili kurslarini uchratasiz. Memrisening afzalligi siz uchun kerak bo’ladigan yangi so’zlar bazasini sizga taqdim etadi.

Dastur yangi so’zlarni qiziqarli uslubda o’rgatadi. Yangi so’z o’rganishda juda qo’l keladigan mnemotexnika uslublaridan keng qo’llanilgan ushbu dastur siz uchun manzur bo’ladi. Foydalanuvchilar yangi so’zlarni eslab qolish uchun kulgili rasmlar bilan ma’nosini birlashtiradilar. Bunday rasmlar qolgan foydalanuvchilar tomonidan ham qo’llanilishi mumkin.

Siz ushbu dasturda boshqa o’rganuvchilar bilan musobaqalashishingiz va o’z darajangizni solishtirishingiz mumkin. Dasturning mahsus hisoblangan takrorlash algoritmi (spaced-repetition algorithm) sizga so’zlarni vaqti-vaqti bilan qachon takrorlashni eslatib turadi.

Duolingo

100 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo’lgan duolingo dasturi dunyodagi eng tez ishlaydigan va mutlaqo bepul bo’lgan dasturlardan biri hisoblanadi.

Duolingo kurslari mahalliy tilda so’zlashadigan insonlar tomonidan tuziladi. Duolingoning yana bir xususiyatlaridan biri, dastur faqat ingliz tilida gaplashuvchilar uchun emas, balki boshqa tilda so’zlashuvchilar uchun ham ishlaydi. Masalan siz rus tilini bilsangiz boshqa tillarni rus tilida o’rganishingiz mumkin. Yoki ispan tili sizning ona tilingiz bo’lsa, ispan tilida koreys tilini o’rganishingiz mumkin bo’ladi.

HelloTalk

HelloTalk xorijiy tillarni o’rganuvchilarga xorijiy tilda so’zlashishni mashq qildirishga mo’ljallangan dastur bo’lib, dastur yordamida chet tillarida gaplashishni amalda sinab ko’rishingiz mumkin. O’rganuvchilar o’rganayotgan tillarida so’zlashuvchi mahalliy insonlarni izlab topishi va ular bilan matn va ovozli suhbat o’tkazishlari mumkin.

Suhbat davomida mahalliy insonlar chet tilini o’rganuvchi insonning xatolarini to’g’irlab borishi mumkin. Bundan tashqari suhbat davomida yangi so’zlar chiqib qolsa, dastur ichidagi lug’atdan foydalanib so’zlarning ma’nosini oniy vaqtda bilib olasiz.

Busuu

Busuu dasturi o’z kurslarini 12 ta tilda taklif etadi. Bu dastur bepul bo’lsa ham, to’liq kurs materiallariga kirish imkoni uchun oyiga 17$ to’lashingiz kerak bo’ladi. Dastur orqali oddiy so’zlarni dialoglar bilan o’rganishingiz, ularni talaffuzlarini esa mahalliy insonlarning ovoz yozuvlari orqali o’rganishingiz mumkin.

Darslar ma’lum bir mavzularga bo’linadi va har bir darsda mavzuga oid bo’lgan topshiriqlar mavjud. Har bir kursning esa alohida mini-sayohat-kursi mavjud bo’lib, u sayohat qiluvchilar uchun chet tilini boshlang’ich saviyada o’rganish imkonini beradi.

Busuu dasturi orqali siz o’z xatolaringizni to’g’rilab olishingiz mumkin. Bu dasturning kompyuter versiyasida esa mahalliy tilda so’zlashuvchilar bilan oniy vaqtda suhbat qura olasiz. Bundan tashqari o’quvchilarning tirishqoqliklari ballar yordamida reyting asosida solishtirilib boriladi.

Babbel

Babbel dasturining bepul versiyasi 40 ta darsdan iborat bo’lib, 13 ta chet tillarini boshlang’ich saviyada o’rganish imkonini beradi.

Har bir dars yangi so’zlarni rasmlar orqali o’rgatishdan boshlanadi. Keyinchalik o’rganilgan o’sha so’zlar dialoglar yordamida mustahkamlanadi. Dasturda nutqni rivojlantirish darslari ham mavjud.

Darslar davomida grammatika bo’yicha qisqa va foydali maslahatlar berilib boriladi.

Babbel internetsiz (offline) foydalanish uchun ham yuklab olinsa bo’ladi. Bundan tashqari dastur sizga o’rganish vaqti kelganida xabar yuborib turadi.

Lingua.ly

Lingua.ly dasturi boshidanoq mahalliy so’zlashuvchilar tomonidan tayyorlangan materiallarni o’rgatishdan boshlaydi. Ular internetdan olingan matnlar bo’lib, avvaliga sizning bilim darajangizni aniqlab oladi. Matnni o’rganish jarayonida lug’atdan foydalanishga hojat yo’q, shunchaki so’z ustiga bossangiz ma’nosini bilib olishingiz, talaffuzini eshitishingiz, bundan tashqari yangi so’zlar bazangizga saqlab qo’yishingiz mumkin.

Dasturning yana bir afzalligi o’zingizga yoqadigan matnlarni tanlash imkoni borligida. Yangi so’zlarni o’z xohishingizga qarab 5, 10 yoki 15 daqiqalik takrorlashlar yordamida mustahkamlashingiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda bu dastur orqali o’rganilayotgan materiallar ustidan boshqaruvni o’z qo’lingizga olsangiz bo’ladi.

TripLingo

TripLingo sayohatni hush ko’ruvchilar uchun mo’ljallangan va aynan mahalliy tilda so’zlashishni o’rgatadigan dastur bo’lib, sizga mahalliy tilda so’zlashuvchilar bilan aynan ularning lahchalarida so’zlashish imkonini beradi. Dastur yordamida siz turli xil bosqichlarda rasmiy va xalq orasida urf bo’lgan so’zlashuv uslublarini o’rganib olasiz.

TripLingo dasturi ovoz yordamida tarjimon funksiyasi bilan boshqa dasturlardan ajralib turadi. U yordamida siz bilmagan so’zlarni tarjima qilishingiz, agar hech qanday lug’at foyda bermasa, haqiqiy tarjimonga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin. Dasturning bepul versiyasida siz 15% resurslarga kirish imkoniga ega bo’lasiz, audio bo’lmaydi.

MosaLingua

MosaLingua dasturida darslar bosqichma-bosqich bo’lmay, o’zingiz xohlagan bosqichdan boshlash imkonini beradi. Agar sizda boshlang’ich bilim yetarli bo’lsa, dastur yordamida sizni qiynayotgan mavzularni mustahkamlashingiz mumkin bo’ladi.

O’rganish uslubi ham o’z-o’ziga xizmat uslubida bo’lib, so’zlarni ovoz yordamida yozish, gapirish, hatto harfma-harf aytishingiz mumkin.

Boshqa dasturlar kabi MosaLingua dasturi barcha funksiyalarni to’lovsiz ochib bermaydi. Har bir o’rganilayotgan til uchun alohida to’lov qilinadi. Lekin bepul versiyasida ham yetarli ma’lumotlar bor.

Not all the resources of the apps are unlocked without paying. You have to pay for each separately. But even the free version has ample resources.

HiNative 

HiNative dasturi umuman o’zgacha bo’lib, sizni mahalliy tilda so’zlashuvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’laydi.

Bu dastur mahalliy tilda so’zlashuvchilar va chet tili o’quvchilarini bir oraga keltiradi. Siz mahalliy tilda so’zlashuvchilardan har qanday sizni qiziqtirgan savollarni so’rashingiz mumkin.

Savollaringizga mahalliy tilda so’zlashuvchilar va boshqa o’rganuvchilar javob bera oladi. Til borasida o’zingizni qiyanyotgan savollarga javoblarni bu yerdan topishingiz aniq!

Chet tilini o’rganish hech qachon hozrigi davrdagidan oson bo’lmagan. Boshqa tillarni o’rganuvchi dasturlar haqida bilasizmi? O’z fikrlaringizni qoldiring!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *