Millarder Richard Branson: biznes boshlashning 5 siri

Richard Branson o’z faoliyatini 1970-yilda Virgin Records plastinkalarini sotishdan boshlagan. Maktabdalik paytidayoq u o’zining «Student» deb nomlangan jurnalini yuritardi.

Hozirda, 5.1 milliard AQSH dollari sohibi bo’lgan Branson  400 dan ortiq kompaniyalardan tashkil topgan «Virgin Group» korporatsiyasiga direktor hisoblanadi. Ulardan 8 kompaniyaning o’zi yiliga 1 milliard AQSH dollari miqdorida foyda keltiradi.

40 yillik biznes tajribasiga ega bo’lgan milliarder har qanday turdagi biznesni boshlash va muvaffaqqiyatli rivojlantirishda dunyoda birinchilardan hisoblanadi.

2012-yilda «Virginga o’xshab: Biznes makablar sizga o’rgatmaydigan sirlar» kitobida Richard Branson biznes boshlashning 5 asosiy sirini ulashadi.

1. «Rohatlanmagan ishingni qilma»

«Londonda Virgin kompaniyasini endi boshlagan kezlarim bizda hech qanday katta reja yoki strategiya yo’q edi. Biznes imperiya qurishni niyat qilmagan edim. Men shunchaki odamlar foydalanib, men ham u ishni bajarib rohatlanadigan biror narsa qilishni istadim. Biznesimda foydani emas, chiqimlarni eplab to’lab olsam bo’lgani der edim», — deya yozadi Richard Branson.

2. «Yangilik ixtiro qiling — boshqacharoq narsa ijod eting.»

Richard o’z kompaniyasini tuzgan kundan e’tiboran har doim boshqa kompaniyalardan nima bilandir ajralib turishga intildi. 1984 yilda Virgin Atlantic aviakompaniyasi o’sha paytlardagi raqobatdosh kompaniyalar orasida mijozlarga xizmat qilishni do’ndirishi bilan ajralib turardi. Bugn Richard Virgin Galatic kompaniyasi bilan insonlarni fazo bo’ylab sayohat qildirishga bel bog’lagan.

3. «Biznes insonlardan tashkil topgan. Xodimlar — eng foydali shaxslar.»

«Men uchun insonlarning o’z ish joylaridan hijolat bo’lib gapirishlaridan ko’ra xafa qilarli narsa yo’q», — deya yozadi Richard. Muvaffaqqiyatli biznesmenlar xodimlarining eng foydali shaxslar ekanligini his qilishadi va shuning uchun ularni qadrlaydilar. Bundan faxrlangan xodimlar yanada yaxshiroq ishlashga harakat qiladilar.

4. «Yetakchilik — hammani birdek tinglash degani.»

Muvaffaqqiyatli menedjerlar barcha savollarga javob bera olmasliklarini yaxshi tushunishadi va kompaniya rivojlanishi uchun jamoalar yig’ishadi. «Albatta siz o’z fikringizga ega bo’lishingiz kerak, lekin fikrlaringizni maslahat va munozaralarsiz boshqalarga majburlab o’tkazishdan bir naf yo’q», — deydi Branson. Tajribali liderlar xodimlari bajargan yaxshi ishlarini maqtashda usta bo’lishadi, bu esa xodimlarni o’zlarining eng yaxshi g’oyalarini tadbiq qilishga undaydi.

5. «Ko’zga tashlanib turing.»

Muvaffaqqiyatli biznesmenlar xoh yakka tadbirkor bo’lsin, xoh multimillioner bo’lsin o’zini xodimlaridan olib qochmaydi. Yuqoridan tortib eng pastdagi xodimlar bilan ham aloqada bo’lib turadi.

Branson yonida doim yon daftari olib yuradi va har bir gaplashgan xodimlari haqidagi ma’lumotlarni eslab qolish uchun yozib oladi.

Richard Branson kabi muvaffaqqiyatli biznesmen bo’lish uchun yuqoridagi besh prinsipga amal qiling. Hammasini bajarish shart emas. Ulardan o’zingizga yoqqan biror bir prinsipni oling va hayotingizga tadbiq etib ko’ring.